Samarqand viloyati sanoat sohasining 2022 yil 1-chorak yakunlari

Samarqand viloyati sanoat sohasining 2022 yil 1-chorak yakunlari

2022 yilning yanvar-mart oylarida jami 5,7 trln.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘sish sur’atlari 110,7%ni (4-o‘rin), respublikadagi ulushi 5%ni (6-o‘rin) tashkil etdi.

Eng yuqori o‘sish sur’atlari Kattaqo‘rg‘on (143,2%), Jomboy (134,1%) va Pastdarg‘om (116,8%) tumanlarida qayd etildi.

Ishlab chiqarilgan jami sanoat mahsulotlari hajmining 78,7% Samarqand shahri (43,1%), Jomboy (12,5%), Urgut (8,5%), Samarqand (7,5%) va Toyloq (7,1%) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi 1,4 mln.so‘mni (11-o‘rin), o‘sish sur’atlari 108,3%ni (5-o‘rin) tashkil etdi.

Samarqand shahri (4,3 mln.so‘m), Jomboy (3,9 mln.so‘m) va Toyloq (1,9 mln.so‘m) tumanlarida aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari eng yuqori, Qo‘shrabot (0,11 mln.so‘m), Oqdaryo (0,36 mln.so‘m) va Bulung‘ur (0,42 mln.so‘m) tumanlarida eng pastki ko‘rsatkichlarni qayd etdi.

Jami sanoat mahsulotlarining 95,7% qayta ishlash sanoati hissasiga to‘g‘ri keladi.

Tog‘-kon sanoati ulushi - 1,1%, elektr ta’minoti, gaz, bug‘ yetkazib berish va sun’iy iqlim xosil qilish ulushi – 2,5%, suv ta’minoti, oqava suv, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish ulushi – 0,7%ni tashkil etdi.

Qayta ishlash sanoati tarkibidagi to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish (28,2%), oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish (37,5%), boshqa nometall meniral mahsulotlar ishlab chiqarish (3,8%), metall mahsulotlari ishlab chiqarish (9,3%) yo‘nalishlari eng yuqori ulushga ega.

Jami sanoat yo‘nalishida 8 808 ta korxona ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, 8 239 tasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Shundan xorijiy kapital ishtirokidagi 59 ta yirik korxonalar mavjud.

2022 yilning 1-choragida 517ta yangi sanoat korxonasi tashkil etilgan.

Ardasher Murtazayev
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Samarqand filiali yetakchi ilmiy xodimi
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar