2023 yilning 1-oktyabr holatiga Samarqand viloyatida doimiy yashovchi aholi soni joriy yil boshiga nisbatan 67,9 ming kishiga yoki 0,9% ko‘payib, jami 4 186,1 ming kishini tashkil etdi. Xususan, shahar aholisi 1 535,8 ming kishiga (jami aholining 36,7%), qishloq aholisi esa 2 650,3 ming (jami alohiling 63,3%) kishiga yetdi. Samarqand viloyati aholi soni bo‘yicha respublikada 1-o‘rinni egallagan.
Joriy yilning 1-oktyabr holatiga aholi sonining taqsimlanishi 2 108,1 ming erkaklar (50,4%), 2 078,0 ming (49,6%) nafar ayollar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Shundan, mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar soni 33,6%, mehnatga layoqatli yoshdagilar 55,4% hamda mehnatga layoqatli yoshdan kattalar 11,0%ni tashkil etadi.
Hududlar kesimida qaralganda, Samarqand shahri (582,5 ming), Urgut (555,6 ming) va Pastdarg‘om (381,0 ming) tumanlari viloyatdagi eng ko‘p aholi istiqomat qiluvchi hududlar, Paxtachi (151,9 ming), Qo‘shrabot (141,2 ming) tumanlari hamda Kattaqo‘rg‘on shahri (94,6 ming) esa viloyatdagi kam axoli istiqomat qiluvchi hududlar xisoblanadi.
Viloyatda 2023-yil 1-oktyabr holatiga 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 249,6 kishi to‘g‘ri kelib, Kattaqo‘rg‘on shahri (9 460 kishi), Samarqand shahri (4 854,2 kishi) va Toyloq tumani (785 kishi) aholi eng zich joylashgan hududlar sirasiga kiradi.
2023 yil yanvar-sentyabr oylari davomida viloyatda tug‘ilishlar soni 85,5 mingtani, o‘limlar soni 14,6 mingtani, qayd etilgan nikohlar soni 20,7 mingtani va nikohdan ajralishlar soni 3,5 mingtani tashkil etgan.
Aholi migratsiyasi bo‘yicha, viloyatga 8,7 ming kishi doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelgan bo‘lsa 11,8 ming kishi doimiy yashash maqsadida viloyatdan ko‘chib ketgan.
Ardasher Murtazayev
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Izoh qoldirish