Sanoatda ta’lim muammolari «INNOPROM universiteti» sessiyasida muhokama qilindi

Sanoatda ta’lim muammolari «INNOPROM universiteti» sessiyasida muhokama qilindi

Ta’lim iqtisodiyotni rivojlantirish va mutaxassis salohiyatini oshirishda samarali bo‘lishi uchun sanoat bilan bog‘liq bo‘lishi kerak. Sanoatda ta’lim muammolari kecha Toshkentdagi «INNOPROM» xalqaro ko‘rgazmasining «INNOPROM universiteti» sessiyasida muhokama qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

Sessiyada Rossiya Oliy iqtisodiyot maktabi, Rossiya oliy o‘quv yurtlari, «KUKA Roboter» va Fransiyaning elektr energiyasi uchun uskunalar ishlab chiqaruvchi «Shnayder Electric» kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

- «INNOPROM universiteti» birinchi marta Toshkentda bo‘lib o‘tgan «INNOPROM» xalqaro sanoat ko‘rgazmasining alohida loyihasi bo‘ldi. Mazkur xalqaro ko‘rgazmaning ahamiyati 2020 yil ko‘rgazmalarsiz o‘tgani uchun ham juda yuqori bo‘ldi, - dedi ko‘rgazma dasturlari bo‘yicha direktori Anton Atrashkin. - «INNOPROM» ko‘rgazmasi va biznes dasturi ishbilarmonlarga, hukumat, biznes, investorlar, banklar o‘rtasidagi aloqaga qaratilgan bo‘lsa, «INNOPROM universiteti» talabalarga, kasb ta’limiga yo‘naltirilgan.

Joriy yil Rossiya oliy iqtisodiyot maktabi «INNOPROM universiteti»ning yaqin hamkoriga aylandi. Shuningdek, tashkilotchilar O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga ko‘rsatilayotgan yordam uchun alohida minnatdorlik bildirdi.

Rossiya oliy iqtisodiyot maktabining iqtisodiy siyosat bo‘yicha direktori Yuriy Simachev zamonaviy universitetlar iqtisodiyotning rivojlanishida ham, zamon o‘zgarishlariga ham tayyor bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. U Oliy iqtisodiyot maktabida magistrlar uchun onlayn kurslar tashkil etilganini, bu pandemiya bilan bog‘liq emasligini aytib o‘tdi. Ushbu loyiha Covid-19dan avval ochilgan.

Unga ko‘ra, ta’lim maskanida onlayn ta’limni rivojlantirish va uning dolzarbligini hisobga olgan holda bunga erishilgani bildirdi. Bu yerda yuqori sifatli onlayn ta’lim tajribasi bosqichma-bosqich to‘plangan. Professor, shuningdek, 5 ming chet ellik talabadan mingga yaqini o‘zbekistonlik yoshlar ekanini ma’lum qildi.

«INNOPROM universiteti» sessiyasi davomida, shuningdek, «Yoshlar va mutaxassislar raqamli mahsulotlar va xizmatlarni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari», «4.0 texnologiyasi», «Yashil texnologiyalar»ga global talab va sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi sohalarida CSR amaliyoti», «Pandemiyadan keyingi yangi voqelikda qishloq xo‘jaligi va raqobatbardoshlikni yangi operatsion tizimda samaradorlikni oshirish» kabi mavzularda ma’ruzalar taqdim etildi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar