Senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi Qonunni ham ma’qullashdi

Senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi Qonunni ham ma’qullashdi

Senatorlar “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ham muhokama qilishdi.

Qayd etilganidek, hozirgi vaqtda Vazirlar Mahkamasi faoliyati 1993 yil 6 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi Qonun bilan tartibga solinadi. Biroq bu Qonun Vazirlar Mahkamasiga taalluqli vakolatlar va masalalarni, Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tayinlash tartibini, shuningdek ularning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida hisobdorligini to‘liq aks ettirmaydi. Shu munosabat bilan bu Qonunni yangi tahrirda qabul qilish zarurati yuzaga keldi. Qonunda Vazirlar Mahkamasi maqomini, Vazirlar Mahkamasiga taallukqli masalalar, shuningdek Vazirlar Mahkamasining turli sohalardagi asosiy vakolatlari nazarda tutilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining qonunchilik tashabbusi huquqi, Vazirlar Mahkamasi faoliyatini rejalashtirish va baholash, Vazirlar Mahkamasiga masalalar kiritish va ko‘rib chiqish tartibi, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida ko‘rib chiqiladigan umumiy masalalar, bu masalalarda qarorlar qabul qilish, Vazirlar Mahkamasi hujjatlari turlari mustahkamlanmoqda. Vazirlar Mahkamasining Prezident va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, sud hokimiyati organlari bilan o‘zaro munosabatlariga aniqlik kiritilmoqda.

So‘zga chiqqanlar ushbu Qonun Vazirlar Mahkamasi faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek o‘z vakolatlarini amalga oshirish jarayonida javobarlikni oshirishga ko‘maklashadi.

Senat a’zolari mazkur Qonunni ham ma’qullashdi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar