2022 yil 24 martda O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining ochiq birja savdolariga qo‘yilayotgan shakar hajmini sotuvchi korxonalar tomonidan qariyb 50 foizga oshirilishi evaziga shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan o‘rtacha kunlik narxi avvalgi savdo kuniga nisbatan mahsulotning bir tonnasi uchun 10 101,3 ming so‘mdan 8 735,8 ming so‘mgacha, ya’ni 14 foizga pasaydi. Bu haqda “O‘zRTXB” AJ axborot xizmati xabar qildi.
So‘ngi ikki savdo kunlarida shakarning birjadagi narxi qariyb 30 foizga arzonlashgan.
Shakarning birjadagi narxining pasayishiga bozor vositalarini qo‘llanilishi, jumladan, birjaning shakar segmentida taklif darajasini oshirilishi hisobiga erishildi.
Xususan, 24 martda birja savdolariga jami 3 200 tonna shakar qo‘yilgan bo‘lib, ulardan 2874 tonnasi, ya’ni 90 foizi sotildi. Bunda, birja savdolari orqali "Xorazm shakar" MChJ tomonidan 1 600 tonna va "Angren shakar" MChJ tomonidan 1 274 tonna shakar sotildi.
Bundan avval mamlakatimizda aholi va korxonalarning talabini uzluksiz, yetarli miqdorda va barqaror narxlarda shakar mahsulotlari bilan ta’minlash hamda ichki bozorlarda narxlarning keskin o‘zgarishining oldini olish to‘liq ta’minlanganligi to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan edi.
Izoh qoldirish