Shavkat Mirziyoyev: Ta’lim qashshoqlikni 60-70 foizga kamaytirishi mumkin (+video)

Shavkat Mirziyoyev: Ta’lim qashshoqlikni 60-70 foizga kamaytirishi mumkin (+video)

26 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, yirik loyihalar bilan tanishish maqsadida Namangan viloyatiga tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbari tashrif davomida viloyatning qator tumanlarida bo‘lib, keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, aholi bandligi va farovonligini ta’minlashga qaratilgan loyihalar bilan tanishdi.

Shundan so‘ng, Namangan shahrida viloyat va tumanlar hokimlari, soha va tarmoqlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari, tadbirkorlar, yoshlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Namangan viloyatida kambag‘allikni qisqartirish, ta’lim muassasalari bitiruvchilarini kasb-hunarga qamrab olish va aholi daromadlarini ko‘paytirish bo‘yicha hozirgi ahvol puxta tahlil qilinib, amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar belgilab berildi.

“Nima biz kambag‘al odamni oyoqqa turg‘izi, munosib yashash sharoitlarini yaratmaymi? Kambag‘alchilikni qisqartirishning eng katta zamini maktabgacha ta’lim, xalq ta’limi, oliy ta’lim sohasida yaxshi bilim bersak, kambag‘allik bilan bog‘liq muammolarni 60-70 foizga hal qilib bo‘lamiz. Nega men 11-sinfdan boshlab bolalarni o‘qitaylik, hayotda to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatishingiz kerak deb aytaman. Ular asta-sekin hozirgi bozor iqtisodiyotiga tayyor bo‘lishadi. Islohotni shunday zanjiri borki, qo‘shimcha qiymat bilan, ishchi joy bilan, odamlarni rozi qilish bilan Namanganga pul tushadi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar