Sirdaryo viloyati ichki savdosining 2022 yil yanvar-sentyabr holati

Sirdaryo viloyati ichki savdosining 2022 yil yanvar-sentyabr holati

2022 yilning 3-chorak yakuniga ko‘ra chakana savdo tovar aylanmasi 3 265,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,2%ga o‘sdi.

Ulgurji savdo tovar aylanmasi 2017-2021 yillar oralig‘ida 2,7 barobarga oshib 2 506,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Chakana savdo tovar aylanmasi hajmining 2017-2019 yillarda o‘sish sur’ati kuzatilgan bo‘lsa, 2020 yilga kelib pandemiya ta’siri sababli pasayish sodir bo‘lgan. 2020 yildan boshlab 2022 yil yanvar-sentyabrga qadar o‘sish kuzatilgan. Yuqoridagi grafikda umumiy tendensiyadagi o‘sishni ko‘rish mumkin.

Aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 2017-2021 yillar oralig‘ida mos ravishda 2 269,4 ming so‘mdan 4 690,8 ming so‘mgacha o‘sib, deyarli 2 baravardan ortiqroqni tashkil etdi.

Shahar va tumanlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkichlar Guliston shahrida 12 637,2 ming so‘m, Yangiyer shahrida 6 940,7 ming so‘m hamda Sirdaryo tumanida 4 927,7 ming so‘m, eng past ko‘rsatkichlar Boyovut tumanida 1 346,9 ming so‘m va Xovos tumanida 957 ming so‘mni tashkil etdi.

Saibov Farrux
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jizzax filiali yetakchi ilmiy xodimi
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar