Infografika: Sirdaryo viloyatining 2023 yil 1-chorakdagi asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar

Infografika:  Sirdaryo viloyatining 2023 yil 1-chorakdagi asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar

2023 yil yanvar-mart oylarida Sirdaryo viloyatida asosiy kapitalga investitsiyalar 4 293 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Moliyalashtirish manbalari bo‘yicha tahlil qilinganda, o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 8,4 foizi korxona va aholi mablag‘lari, 88 foizi xorijiy investitsiyalar va kreditlar, 2 foizi davlat byudjeti va 2 foizi bank krediti hamda boshqa qarz mablag‘lari hisobiga to‘g‘ri keladi.

Asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida ishlab chiqarish, ya’ni, mashina, asbob-uskunalar va inventarlar xarajatlari 75,9 foizni, noishlab chiqarish - qurilish-montaj ishlari xarajatlari 14,5 foizni tashkil etdi.

O‘zlashtirilgan investitsiyalarning 75 foizi (3 198 mlrd so‘m) Boyovut tumaniga, 6 foizi (244 mlrd so‘m) Guliston shahriga to‘g‘ri keladi.

Feruz Rahimov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar