“Smart Water” raqamli texnologiyasi asosida suvning hisobi yuritiladigan suv xo‘jaligi ob’yektlari soni 18 576 tagacha yetkaziladi

“Smart Water” raqamli texnologiyasi asosida suvning hisobi yuritiladigan suv xo‘jaligi ob’yektlari soni 18 576 tagacha yetkaziladi

Prezident qarori (PQ–5005-son, 24.02.2021 y.) bilan O‘zbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2021–2023 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi tasdiqlandi.

Strategiya doirasida:

● suv ta’minoti darajasi past bo‘lgan sug‘oriladigan maydonlar 526 ming gektardan 424 ming gektargacha kamaytiriladi;

● suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish 308 ming gektardan 1,1 mln gektargacha, shu jumladan, tomchilatib sug‘orish texnologiyasi 121 ming gektardan 822 ming gektargacha yetkaziladi;

● sho‘rlangan maydonlar 1 926 ming gektardan 1 888 ming gektarga qisqartiriladi;

● qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqib ketgan jami 232 ming gektar sug‘oriladigan yer maydonlari qayta foydalanishga kiritiladi;

● “Smart Water” (“Aqlli suv”) raqamli texnologiyasi asosida suvning hisobi yuritiladigan suv xo‘jaligi ob’yektlari soni 18 576 tagacha yetkaziladi;

● 60 ta yirik suv xo‘jaligi ob’yekti raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan boshqaruvga o‘tkaziladi;

● Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi 1 688 ta nasos stansiyasidagi 5 231 ta nasos agregatining elektr energiyasi iste’moli va suv sarfi hisobining monitoringi “onlayn” rejimda olib boriladi;

● suv xo‘jaligida davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida jami 124 ta loyiha amalga oshiriladi.

2021 yil 1 oktyabrgacha etilen polimerlari (TIF TN kodi 3901) va propilen polimerlarini (TIF TN kodi 3902) olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi belgilandi.

2021 yil 1 iyulgacha suv resurslarining avtomatlashtirilgan idoralararo axborot tizimi bosqichma-bosqich ishga tushiriladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar