“Soliq majburiyatlarini bajarishda tadbirkorlik sub’yektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi
Farmonga ko‘ra, 2022 yil 1 yanvardan:
- kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha aniqlangan huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilmaydi;
- tadbirkorlar tomonidan soliq hisobotini belgilangan muddatlarda taqdim etmaganlik uchun moliyaviy sanksiyalar bekor qilinadi.
2022 yil yanvar – iyul oylarida eksperiment tariqasida Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasida hisobda turgan soliq to‘lovchilarning qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha soliq hisobotlari hisoblab chiqariladi va shakllantirib beriladi.
Shuningdek, 2022 yil 1 yanvargacha soliq to‘lovchilarga qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i va aylanmadan olinadigan soliqni hisoblash uchun zarur bo‘lgan soliq solish ob’yekti yoki soliq solish bilan bog‘liq boshqa ob’yektlarni elektron hisobvaraq-fakturalarda aks ettirish imkoniyatlari yaratiladi.
Izoh qoldirish