O‘zbekiston Prezidenti maslahatchisi Suma Chakrabarti mamlakat iqtisodiyotida davlat qarzi qisqarishini qo‘llab-quvvatladi

O‘zbekiston Prezidenti maslahatchisi Suma Chakrabarti mamlakat iqtisodiyotida davlat qarzi qisqarishini qo‘llab-quvvatladi

U bu haqda "Iqtisodiyot o‘sishini rag‘batlantirishda moliya bozorining roli: huquqiy va institutsional to‘siqlar" konferensiyasida ma’lum qildi.

“O‘zbekiston maqsad va vazifalarini mahalliy, mintaqaviy va xalqaro miqyosda investorlar bilan birga muhokama qilishi juda yaxshi tadbir. O‘zbekiston hukumati tomonidan oldinga qo‘yilgan vazifalar va maqsadlar, davlat xususiy sektorini muvozanatini saqlash va bu yerda davlat sektorini ulushini kamaytirish, xususan, moliyaviy bozorda ham shuni amalga oshirish nazarda tutilgan. Bu albatta mintaqaviy miqyosda ham hamkorlikni kuchaytirish va mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga hissa qo‘shishni nazarda tutadi. Mamlakatga moliyaviy banklarning kirib kelayotganini, mahalliy bozorga oblegatsiyalar joylayotganini ham ko‘rsak bo‘ladi. Bu bozor rivojlanayotganidan dalolat beradi. Moliyaviy sektor, bank sektorini rivojlantirish, kapital bozorning rivojlanishiga ham muhim o‘rin tutadi. Va bu barqaror o‘sishni rivojlantirish, ayna moliyaviy bozorni rivojlantirishsiz amalga oshirish qiyin. Shu sababli biz aynan qarz bozoriga e’tibor berishimiz kerak. An’anaviy qarz berishning investitsiyalar tomoniga ham e’tiborni qaratishimiz kerak. Iqtisodiy bozorni rivojlanishi va katta bozorni rivojlanishi iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga, shaffoflikni ta’minlashga hamda investitsiyalarni rivojlantirishga yordam beradi. Kapital bozor xususiy kapitalni infratuzilma qurishga va kichik biznesni rivojlantiradi”, deydi O‘zbekiston Prezidenti maslahatchisi Suma Chakrabarti.

Shu bilan birga, kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori Otabek Nazirovning so‘zlariga ko‘ra, 2020 yil yakunlariga ko‘ra kapital bozorida savdo hajmi 578 mlrd. so‘mni tashkil etgan. Bu 2019 yilga nisbatan 32 foizga ko‘pdir.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar