Surxondaryo viloyatining 2022 yil yanvar-mart oylaridagi sanoat ko‘rsatkichlari

Surxondaryo viloyatining 2022 yil yanvar-mart oylaridagi sanoat ko‘rsatkichlari

Sanoat mahsulotlari

Viloyatda 1 269,5 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 103,8 foiz (o‘sish ko‘rsatkichi bo‘yicha respublika hududlari orasida oxirgi o‘rin)ga oshgan.

Viloyatda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining respublika sanoatidagi ulushi 1,1 foizni tashkil etgan.

Sanoat mahsulotlarining 37,4%i (2021 yilning mos davrida 37,2%) kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan yaratilgan. Shuningdek, viloyat sanoati tarkibida tog‘-kon sanoatining ulushi – 2,1% (26,1 mlrd so‘m), ishlab chiqariladigan sanoatning ulushi – 89,8% (1140,4 mlrd so‘m), elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash sanoatining ulushi – 6,2%(78,5 mlrd so‘m), suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish sanoatining ulushi – 1,9%(24,5 mlrd so‘m)ni tashkil qilgan.

Viloyatda sanoat mahsulotlarining 56,6 foizi viloyatning 4 ta hududi - Jarqo‘rg‘on (17,7%), Sherobod (13,3%), Denov (11,1%) tumanlari hamda Termiz shahri (14,5%)ga to‘g‘ri keladi hamda sanoat mahsulotlari hajmida yuqori ulushni tashkil qilgan.

Sho‘rchi (8,3%), Qumqo‘rg‘on (8,0%), Termiz (6,1%) tumanlari sanoat mahsulotlari hajmida o‘rtacha ulushni, Uzun (5,5%), Muzrabot (4,5%), Sariosiyo (3,4%), Qiziriq (2,5%), Oltinsoy (2,1%), Angor (1,5%), Boysun (1,1%), Bandixon (0,3%) tumanlarida esa ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmida past ulushni tashkil qilgan.

Jumladan, eng yuqori ko‘rsatkichni tashkil qilgan Jarqo‘rg‘on tumanida ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi (224,6 mlrd so‘m) Bandixon tumaniga (4,4 mlrd so‘m) nisbatan 50,8 baravar, Boysun tumaniga (13,7 mlrd so‘m) nisbatan 16,4 baravar ziyod bo‘lgan.

Shu bilan birga o‘tgan yilning mos davriga nisbatan jami sanoat mahsulotlari hajmining o‘sish sur’ati Oltinsoy (120,7%), Bandixon (117,6%), Termiz (114,4%) tumanlarida eng yuqori ko‘rsatkichni tashkil qilgan bo‘lsa, Sariosiyo (84,4%), Qumqo‘rg‘on (91,5%) hamda Angor (94,3%) tumanlarida eng past ko‘rsatkichni tashkil qilgan.

Bundan tashqari viloyatda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining 52,9 foizi (603,3 mlrd so‘m) to‘qimachilik sanoatiga, 19,4 foizi (221,2 mlrd so‘m) oziq ovqat sanoatiga, 11,6 foizi (132,3 mlrd so‘m) koks va neftni qayta ishlash sanoatiga hamda 16,1 foizi qolgan boshqa yo‘nalishlarda ishlab chiqarilgan.

1-rasm. Surxondaryo viloyatining tuman (shahar)lar kesimida ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining ulushi (%da)

Viloyatda jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsulotlari hajmi 461,6 ming so‘m (Respublika hududlari orasida oxirgi o‘rin)ni tashkil qilgan holda 2021 yilning mos davriga nisbatan 101,4 foizga oshgan.

Tuman (shahar)lar kesimida aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi Jarqo‘rg‘on (987,5 ming so‘m), Termiz shahri (968,3 ming so‘m), Termiz tumani (966,7 ming so‘m), Sherobod (832,8 ming so‘m), Sho‘rchi (482,2 ming so‘m) tumanlarida viloyatning o‘rtacha ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lgan. Qumqo‘rg‘on (416,7 ming so‘m), Uzun (390,0 ming so‘m), Muzrabot (384,3 ming so‘m) Denov (352,6 ming so‘m), Qiziriq (264,4 ming so‘m), Sariosiyo (198,9 ming so‘m), Angor (142,2 ming so‘m), Oltinsoy (141,4 ming so‘m), Boysun (113,9 ming so‘m), Bandixon (56,0 ming so‘m) tumanlari viloyat o‘rtacha ko‘rsatkichiga nisbatan sezilarli past ko‘rsatgichni qayd etgan. Jumladan, eng yuqori ko‘rsatgich qayd qilingan Jarqo‘rg‘on tumanida jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining hajmi Bandixon tumaniga nisbatan 17,6 baravar ziyod bo‘lgan.

Iste’mol mollari

Viloyatda 381,1 mlrd so‘mlik (2021 yilning mos davriga nisbatan 94,1%) iste’mol tovarlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, respublikadagi ulushi 1%ni tashkil qilgan holda hududlar orasida oxirgi o‘rinni egallagan.

Aholi jon boshiga 138,6 ming so‘mlik iste’mol tovarlari ishlab chiqarilgan. Jumladan, iste’mol mollari tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari-193,0 mlrd so‘m, nooziq-ovqat mahsulotlari-67,5 mlrd so‘m, spirtli ichimliklar-2,3 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Tahlil qilingan davrda, hududlar bo‘yicha ishlab chiqarilgan iste’mol mollari hajmi o‘rtasidagi farq sezilarli darajada bo‘lgan. Jumladan tuman (shahar)lar kesimida ishlab chiqarilgan iste’mol mollari hajmida Termiz shahri (16,2%), Sho‘rchi (15,9%), Jarqo‘rg‘on (11,6%), Denov (11,2%), Termiz (8,8%) tumanlari yuqori ulushnini, Oltinsoy (6,3%), Sherobod (5,3%), Sariosiyo (4,2%), Qumqo‘rg‘on (3,74%), Muzrabot (3,67%), Angor (3,65%), Uzun (3,64%), Boysun (2,9%), Qiziriq (2,4 %), Bandixon (0,6%) tumanlarida esa past ulushni tashkil qilgan.

Jumladan, eng yuqori ko‘rsatkichni tashkil qilgan Termiz shahrida ishlab chiqarilgan iste’mol mollari hajmi (61,9 mlrd so‘m) Bandixon tumaniga (2,1 mlrd so‘m) nisbatan 29,7 baravar, Qiziriq tumaniga (9,0 mlrd so‘m) nisbatan 6,9 baravar ziyod bo‘lgan.

3-rasm. Tuman (shahar)lar kesimida ishlab chiqarilgan iste’mol mollari hajmi

Termiz shahri (325,1 ming so‘m), Termiz (418,6 ming so‘m), Sho‘rchi (276,7 ming so‘m), Jarqo‘rg‘on (194,3 ming so‘m) tumanlarida aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan iste’mol mollari viloyatning o‘rtacha ko‘rsatkichidan yuqori ulushni tashkil qilgan. Oltinsoy (129,2 ming so‘m), Denov (106,6 ming so‘m), Angor (101,0 ming so‘m), Sherobod (99,4 ming so‘m), Muzrabod (94,8 ming so‘m), Boysun (93,1 ming so‘m), Uzun (77,2 ming so‘m), Qiziriq (75,5 ming so‘m), Sariosiyo (72,7 ming so‘m), Qumqo‘rg‘on (58,4 ming so‘m), Bandixon (26,4 ming so‘m) tumanlari jon boshiga ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlari hajmi bo‘yicha viloyat o‘rtachasidan past ko‘rsatkichni tashkil qilgan.

Eldor Zayniddinov

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Qashqadaryo filiali bosh ilmiy xodimi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar