Women, Business and the Law indeksi doirasida har bir uch komponent bo‘yicha o‘nta mavzuviy yo‘nalish tahlil qilinadi. Ular quyidagilar: xavfsizlik, erkin harakatlanish huquqi, bandlik, ish haqi, nikoh, ota-onalik, bolalar parvarishi, tadbirkorlik, aktivlarga egalik qilish va pensiya ta’minoti. Bu yo‘nalishlar orasida aniqlangan bog‘liqlikni tushuntirishda, ayniqsa, nikoh, ota-onalik va bolalarni parvarish qilish tizimi bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar katta ahamiyatga ega. Bu esa shuni ko‘rsatadiki, ko‘plab ayollar uchun olimpiya darajasidagi natijalarga erishish yo‘li ko‘p jihatdan mamlakatda oilaviy munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlar va davlat siyosati qay darajada samarali amalga oshirilishiga bog‘liq.
Jahon banki maqolasida ta’kidlanishicha, gender tengligi huquqiy va institutsional jihatdan yaxshiroq ta’minlangan mamlakatlarda ayollarning Qishki Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish ehtimoli yuqoriroq.
Hafta voqealarga boy bo‘ldi: Qishki Olimpiya o‘yinlari "Milano Cortina 2026" 22 fevral kuni Arena di Veronada o‘tgan ta’sirli yopilish marosimi bilan yakunlandi. Shu tariqa ikki hafta davom etgan musobaqalar, sportchilarning yuksak natijalari va ular namoyon etgan matonat ramziy tarzda sarhisob qilindi. Jahon hamon tog‘ chang‘isi trassalari va muz arenalaridagi bahslarni muhokama qilayotgan bir paytda, 24 fevral kuni Jahon banki “Women, Business and the Law (WBL) 2026” hisobotini taqdim etdi. Unda qonunlar, davlat siyosati va ularni amalga oshirish mexanizmlari ayollar uchun iqtisodiy imkoniyatlarni qanday shakllantirishi baholanadi.
Bir qarashda, bu ikki voqea mutlaqo boshqa-boshqa ko‘rinadi. Biroq ular o‘rtasida kutilmagan bir bog‘liqlik mavjud: WBL indeksidagi mamlakatlar ko‘rsatkichlari 2026 yilgi Qishki Olimpiya o‘yinlarida qaysi davlatdan qancha ayol sportchi ishtirok etganini ma’lum darajada ko‘rsatib beradi. WBL indeksi uchta asosiy komponentga asoslanadi.
Birinchisi — huquqiy asoslar. Bu ko‘rsatkich mehnat bozori va tadbirkorlik sohasida ayollar huquqlarining tengligi qay darajada ta’minlanganini aks ettiradi.
Ikkinchisi — qo‘llab-quvvatlovchi institutsional mexanizmlar. Unda qonunlarni amalga oshirishga xizmat qiladigan davlat siyosati, institutlar, dasturlar va ma’lumot tizimlari baholanadi.
Uchinchisi — huquqni qo‘llash samaradorligi haqidagi tasavvur. Bu ko‘rsatkich davlat organlari amalda qonun talablariga rioya etilishini qay darajada ta’minlayotganini ko‘rsatadi.
Ushbu uch komponentning har biri bo‘yicha ham 2026 yilgi Qishki Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan ayol sportchilar soni bilan ijobiy bog‘liqlik kuzatiladi. Bu bog‘liqlik mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish darajasi (aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM orqali o‘lchanadi) va aholi soni hisobga olingan holda ham saqlanib qoladi. Chunki bu omillar milliy jamoalar tarkibining hajmiga tabiiy ravishda ta’sir qiladi.
Medallar masalasi qanday? WBL ko‘rsatkichlari, avvalo, Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etayotgan ayollar soni bilan ijobiy bog‘liqlikni ko‘rsatadi, ammo bu har doim ham qo‘lga kiritilgan medallar soniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qilavermaydi. Shunga qaramay, g‘alabaga erishishning birinchi sharti — musobaqada ishtirok etishdir. Ayol sportchilarni ko‘proq yuborgan mamlakatlar, odatda, ayollar o‘rtasidagi musobaqalarda ko‘proq medallarni ham qo‘lga kiritadi. Shu tariqa bilvosita ta’sir yuzaga keladi. Bundan tashqari, ishtirokchilar soni hisobga olinganda ham, mamlakatning kamida bitta ayollar medalini qo‘lga kiritish ehtimoli WBL indeksidagi qo‘llab-quvvatlovchi institutsional mexanizmlar ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligi kuzatiladi. Boshqacha aytganda, ayollarning iqtisodiy faolligini rag‘batlantiradigan kengroq siyosiy-institutsional muhit jumladan, kasbiy faoliyat va oilaviy majburiyatlarni uyg‘unlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar ma’lum darajada ularning sportdagi natijalariga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Asosiy xulosa ancha ravshan: tenglik ayollar uchun ishtirok etish va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkoniyatlarini kengaytiradi. Oila, nikoh va bolalarni parvarish qilish masalalarida teng huquqlarni ta’minlaydigan qonunlar ayol sportchilarning muvaffaqiyati uchun poydevorni ular musobaqaga chiqishidan ancha oldin yaratadi. Biroq faqat qonunlarning o‘zi yetarli emas. Ayollarga kasbiy faoliyatni oilaviy hayot bilan uyg‘unlashtirishda yordam beradigan davlat siyosati va institutsional mexanizmlar ular qanchalik uzoqqa bora olishini, jumladan, dunyoning eng yirik sport maydonida qanday natijalarga erishishini ko‘p jihatdan belgilaydi. Agar mamlakatlar iqtisodiyotda ham, sportda ham yuqori natijalarga erishishni istasa, huquqiy va institutsional shart-sharoitlarni tenglashtirish tanlov emas, balki kelajak chempionlari yetishib chiqadigan asosiy poydevordir.
Manba — The WB
Izoh qoldirish