AQShning Nyu-York shahrida sportning taekvondo ITF turi bo‘yicha 16 marotaba nufuzli “Big Epl” xalqaro turniri o‘tkazildi. Unda musobaqa mezbonlari Amerika Qo‘shma shtatlari, Kanada, Kosta-Rika, Dominikan Respublikasi, Meksika, Gonduras, Argentina va O‘zbekiston kabi taekvondoning ITF yo‘nalishi ancha rivojlangan davlatlardan sportchilar ishtirok etishdi.
Musobaqada sportchilar taekvondo ITFning 3 yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblik uchun kurash olib bordilar.
Mazkur nufuzli musobaqada Vatanimiz bayrog‘ini sarbaland ko‘tarilishiga, madhiyamiz jarang sochishiga sportchilar O. Jalilov va A. Hamidullayevlar sababchi bo‘ldi.
Jumladan, musobaqaning tul bahslarida Hamidullayev Abdujabbor oltin medalga sazovor bo‘ldi. Jalilov Oybek esa kumush medal sohibiga aylandi. Shuningdek, O.Jalilov - 90 kg vazn toifasida massogi bahslarida ham yana bitta kumush medalni o‘z hisobiga qo‘shib qo‘ydi.
Shu tariqa vakillarimiz Toshkentga 1ta oltin, 2 ta kumush, jami 3 ta medal bilan qaytishadigan bo‘ldi.
Izoh qoldirish