TBC Uzbekistan o‘z faoliyatini 2020 yilning iyun oyida boshlaydi

TBC Uzbekistan o‘z faoliyatini 2020 yilning iyun oyida boshlaydi

TBC PLC guruhi bankning ustav kapitaliga 12,6 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritdi va 2020 yil oxiriga qadar qo‘shimcha 9,4 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda. Joriy yil oxiriga kelib kapitalning yana o‘sishi kutilmoqda. Potensial yangi aksiyadorlar, shu jumladan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi va O‘zbekiston-Ummon investitsiya kompaniyasi ichki kelishuvlar natijalaridan kelib chiqib, ishtirok etishga qiziqish bildirdilar. TBC PLC 51%lik majoritar ulushga ega bo‘lgan aksiyador bo‘lib qoladi.

TBC PLCning strategik dasturi O‘zbekistonda jismoniy shaxslar hamda mayda, kichik va o‘rta korxonalar kabi mijozlar uchun bank ekotiziminining yangi avlodini yaratishni o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, asosiy urg‘u raqamli ish yuritish va yaqin hamkorlik qilish kanallariga beriladi. Ayni damdagi vaziyat va Covid-19ning ta’sirini e’tiborga olgan holda, bank o‘z biznes-modelini qo‘shimcha muqobillashtirdi: aktivlar bilan ishlashni yengillashtirish va iqtisodiy foyda keltiruvchi amaliyotlarni joriy etishdir. Shuningdek, jismoniy filiallarning rejalashtirilgan soni qisqartiriladi.

Bank ushbu bosqichda taklif qilayotgan bank mahsulotlarining turlari quyidagilardan iborat:

  • Amaldagi hisoblar va omonat hisoblari;
  • Naqd pul ko‘rinishidagi kreditlar, ish haqi garov kreditlari va avtokreditlar;
  • Kartalar berish, mobil ilova va tranzaksiya imkoniyatlarini taqdim etish, xususan, va shu bilan birga cheklanmagan P2P turdagi tranzaksiyalar, pul ko‘chirmalari va kommunal to‘lovlar.

TVS, shuningdek, moliya amaliyotlarini bankdan mijozlarga xizmat ko‘rsatish punktlariga ko‘chirishni rejalashtirdi. Payme shu’ba filiali esa bankdan alohida ishini davom ettiradi. Ammo bu ikki kompaniya yaqin hamkorlikda ishini davom ettiraveradi.

Bankni boshqarish tajribali rahbar - bosh ijro etuvchi direktor Sandro Rtveladze zimmasiga yuklatiladi (rahbar organlar uning nomzodini yakuniy tasdiqlashidan so‘ng). Bundan avval u Bayport Financial Servicesda chakana bank xizmatlari guruhining rahbari lavozimida ishlagan. Avvalroq esa Gruziyadgi Liberty Bankning bosh direktor o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan. .

TBC PLC bosh rahbari, janob Vaxtang Butsxirikidzening izohi: “So‘ngi yillarda amalga oshirilgan tinimsiz harakatlarimiz, nihoyat mukofotlangani va biz O‘zbekistonda bank amaliyotlarimizni boshlash uchun litsenziya olganimizdan juda ham xursandman. Shuningdek, O‘zbekiston hukumat organlariga, ularning qo‘llab-quvvatlaganlari hamda yaqin hamkorliklari uchun o‘z minnatdorchiligimni izhor qilmoqchiman. Bu Guruh tarixida yangi sahifa, u kelajakda mazkur mintaqada bizning rivojlanishimiz uchun katta imkoniyatlar eshigini ochadi. Ushbu yangi yo‘lni biz hayajon va zavq bilan boshlayapmiz. Barcha tomonlar manfaati uchun ulkan va yorqin natijalarga erishishga intilib faoliyat yuritishga harakat qilamiz.

TBC, O‘zbekiston Bosh ijro etuvchi Direktor lavozimiga nomzod, janob Sandro Rtveladzedan izoh: “O‘zbekistonda TBCning tajribali jamoasiga qo‘shilganimdan g‘oyat xursandman. Shuningdek, O‘zbekiston Markaziy bankining qo‘llab-quvvatlagani uchun o‘z minnatdorchiligimni izhor etaman. Bu faoliyatimizni rejalashtirilgan muddatlarda boshlash imkonini beradi. Nisbatan arzon va yengillashtirilgan aktivlar biznes-modeli, shuningdek, O‘zbekistonda uzoq muddat ish yuritishga oid umidlarimiz umumiy maqsadlarga tezroq erishishga yanada kuchliroq ishonch xosil qilish mumkinligini anglatadi.

TBC PLC Banklar Guruhi haqida ma’lumot:

TBC PLC guruhi mas’uliyati cheklangan ommaviy kompaniya. Kompaniya Angliya va Uelsda 2016-yilning fevral oyida ro‘yxatga olingan. TBC PLC guruhi 2016-yilning 10-avgustidan AO TBC Bank (“TBC Bank”) ning ota-kompaniyasiga aylandi. TBC PLC TBCG belgisi ostida London fond birjasida kotirovkalanadi va FTSE 250 indeksining tashkiliy qismi hisoblanadi.

TBC Bank, o‘zining filiallari va shu’ba kompaniyalari bilan birga, Gruziyada yetakchi universal bank guruhi hisoblanadi. Gruziya Milliy Banki ma’lumotlariga ko‘ra, bank 2019-yilning 31-dekabr holati bo‘yicha kreditlar bozorining umumiy hissasidan 39,5%, nobank depozitlarning 39,0%iga egalik qiladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar