Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi sharhida O‘zbekiton avtomobil bozoridagi tendensiyalar

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi sharhida O‘zbekiton avtomobil bozoridagi tendensiyalar

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi joriy yilning fevral oyidagi O‘zbekiston avtomobil bozorini tahlil qilish natijalarini taqdim etdi, unda avtomobil bozoridagi asosiy tendensiyalar va o‘zgarishlar qayd etilgan.

Birlamchi avtomobil bozoridagi vaziyat

Hozirgi sharoitda yengil avtomobillar bozorida sotuvlarning umumiy pasayishi kuzatilmoqda, bu asosan xorijiy avtomobil segmentidagi faollikning pasayishi bilan bog‘liq.

Fevral oyida yengil avtomobillar savdosi o‘tgan oyga nisbatan 14,5%ga kamaydi va 67,2 mingta avtomobilni tashkil etdi.

Oy davomida mahalliy ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar sotuvi deyarli o‘zgarmagan va 21,7 ming dona avtomobilni tashkil etgan bo‘lsa, yangi xorijiy avtomobillar segmentida sotuvlar 2 barobardan ortiqroqqa kamaydi.

Avtomobillarning ikkilamchi bozori

Yengil avtomobillarning ikkilamchi bozoridagi vaziyat ham faollikning pasayishi bilan tavsiflanadi. Fevral oyida sotuvlar 43,3 ming dona avtomobilni tashkil etib, joriy yilning yanvariga nisbatan 16%ga kamaygan.

Elektr avtomobil bozorining dinamikasi

Yangi yengil elektromobillar segmenti faollikning pasayishini ko‘rsatmoqda. Fevral oyida sotuvlar 2,9 mingta elektromobilni tashkil etdi, bu o‘tgan oyga nisbatan 11%ga kam, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan esa faollik ikki baravardan ko‘proq oshdi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar