Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy rivojlanish” xalqaro konferensiyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif bilan kelgan Yevropa Ittifoqining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Tomas Niklasson bugun O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng intervyu berdi.
- Muzokarada ertaga bo‘lib o‘tadigan xalqaro konferensiya dasturi, afg‘on xalqini qo‘llab-quvvatlashdan umumiy manfaatdorligimiz, tomonlar alohida ahamiyat berayotgan umumiy tamoyillar to‘g‘risida fikr almashdik, - dedi diplomat. - Afg‘oniston haqida so‘z yuritilganda, xavfsizlik, inson huquqlari, shu jumladan ayollar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlar istiqboldagi asosiy vazifalardandir.
Toshkent xalqaro anjumani o‘z vaqtida tashkil etilmoqda, deb hisoblayman. Afg‘oniston masalasida biz bir xil pozitsiyaga egamiz va barchamiz quyidagi dolzarb masalalarga ahamiyat qaratayapmiz: inson huquqlari, inklyuzivlik, xavfsizlik. Buni xalqaro hamjamiyatga ko‘rsatmoqdamiz va ushbu yo‘nalishda davom etamiz.
Izoh qoldirish