Toshkent-Omsk yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Toshkent-Omsk yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Rossiya Federatsiyasiga boruvchi yo‘lovchilari uchun joriy yilning 15 fevral kunidan Toshkent-Omsk yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.

Mazkur yo‘nalishda “Uzautotrans Service” korxonasi o‘zining zamonaviy avtobuslarida xizmat ko‘rsatadi. Qatnovlar haftaning seshanba va shanba kunlariga belgilangan. Shaharlar o‘rtasidagi 2200 km masofani avtobuslar 32 soatda bosib o‘tadi.

Ushbu yo‘nalish bo‘ylab ilk avtobus 15 fevral kuni soat 18:00 da “Toshkent” avtovokzalidan Omsk shahrining “Kamarova” avtovokzali tomon harakatlanishni boshlaydi. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha chipta narxi 450 000 so‘m etib belgilangan.

“Uzautotrans service” korxonasi tomonidan yo‘lovchilarga yuqori darajada servis xizmatini ko‘rsatish va tashuvlar xavfsizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Yo‘nalishga chiqishdan oldin avtobuslar texnik ko‘rikdan haydovchilar esa tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Yo‘lovchi tashish faoliyati sug‘urta kompaniyasi tomonidan sug‘urtalangan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar