Toshkent viloyatida 58ta davlat maskanlari va korxonasi, xususan “Sijjak”, “Beldirsoy oromgohi”, “Chorvoq oromgohi” dam olish maskanlari xususiylashtiriladi

Toshkent viloyatida 58ta davlat maskanlari va korxonasi, xususan “Sijjak”, “Beldirsoy oromgohi”, “Chorvoq oromgohi” dam olish maskanlari xususiylashtiriladi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan brifing va tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar bermoqda.

Brifingda agentlikning viloyat boshqarmasi boshlig‘i Baxtiyor Rustamov qayd etganidek, 2020 yil 27 oktyabrdagi “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoniga muvofiq, Toshkent viloyatida 58ta davlat aktivlari va ob’yektlari xususiylashtirilishi belgilangan.

Viloyatda 4ta (“O‘zbekkimyomash zavodi” AJ, “To‘ytepa metall qurilmalari” AJ, “Akademik M.Mirzayev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Qibray sharob ilmiy-eksperimental korxonasi” DUK, “Meva-sharbat ilmiy eksperimental” DUK) davlat aktivini xususiylashtirish chora-tadbirlari ishlab chiqilib, tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.

Qayd etilishicha, “To‘ytepa metall qurilmalari” AJ 5 yil muddatda 4 mln AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish hamda 20 mlrd so‘m miqdorida sotib olish sharti bilan “Krantas Grup” MChJga sotildi.

“Sijjak”, “Beldirsoy oromgohi”, “Chorvoq oromgohi” dam olish maskanlari va “Burgalik” dam olish oromgohi ko‘chmas mulk ob’yektlari alohida yondashuv asosida xususiy sektorga sotilishi ko‘zda tutilgan.

Bildirilishicha, bugungi kunda “Beldirsoy oromgohi” hamda “Chorvoq oromgohi” dam olish maskanlarida baholash ishlari yakunlanib, ommaviy savdoga chiqarish ishlari amalga oshirilmoqda. “Sijjak” va “Burgalik” dam olish oromgohlarida xatlovoldi ishlari olib borilyapti.

Hududlarda jami 39ta, shundan 1ta yog‘-moy korxonasi, 1ta kompyuter markazi, 30ta boshqa soha korxonalarining davlat ulushlari to‘lig‘icha ommaviy savdolar orqali xususiy sektorga sotiladi.

Bundan tashqari, farmon bilan qamrab olinmagan, biroq xususiylashtirilishi rejalashtirilgan 200ta korxona va ko‘chmas mulk ob’yektlari ommaviy savdolarga chiqariladi.

Jumladan, 99ta korxona avval qabul qilingan qarorlar doirasida sotiladi. 101ta ko‘chmas mulk (yer maydoni 5 ming kvadrat metrgacha bo‘lgan) mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida sotilishi ko‘zda tutilgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar