Toshkentda zamonaviy muz saroyi quriladi

Toshkentda zamonaviy muz saroyi quriladi

Bugun, 3 mart kuni “Toshkent shahrida muz sporti hamda zamonaviy savdo va xizmat ko‘rsatish ob’yektlari majmuasini qurish ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hukumat qarori loyihasi umumiy muhokamaga qo‘yildi. “Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligining:

a) "Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Beruniy shoh ko‘chasi, 41-uy manzilida joylashgan “O‘zko‘rgazmasavdo” MChJ, “Alpomish savdo qatorlari” MChJ va “O‘zcharmsanoati” uyushmasiga operativ boshqaruv huquqi asosida tegishli bo‘lgan bino va inshootlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga operativ boshqaruv huquqi asosida berish;

b) “O‘zko‘rgazmasavdo” MChJning tegishli mol-mulklari va boshqa vositalari, shuningdek, debitorlik va kreditorlik qarzlari bilan birgalikda (ko‘chmas mulk ob’yektlari bundan mustasno), “O‘zagroeksport” AJga qo‘shish hamda “O‘zagroeksport” AJ ustav kapitalidagi (ustav fondidagi) davlat ulushini Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga operativ boshqaruv huquqi asosida o‘tkazilayotgan ko‘chmas mulk ob’yektlarining qoldiq (balans) qiymatiga kamaytirish;

v) bino va inshootlar joylashgan hududda qishki sport turlari (figurali uchish, short-trek, kyorling va boshqa sport turlari) bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish, ko‘rgazma hamda forumlar tashkil etishga mo‘ljallangan zamonaviy muz saroyi hamda savdo, xizmat ko‘rsatish va ta’lim muassasalari ob’yektlari majmuasini barpo etish loyihasini (investitsiya loyihasi) amalga oshirish uchun “nol” xarid qiymatida “New Universal Development” MChJga (investor) to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin”, deyilgan hujjatda.

Investor bino va inshootlar negizida va unga tutash hududlarda qishki sport turlari (figurali uchish, short-trek, kyorling va boshqa sport turlari) bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish, ko‘rgazma hamda forumlar tashkil etishga mo‘ljallangan zamonaviy muz saroyi hamda savdo, xizmat ko‘rsatish va ta’lim muassasalari ob’yektlari majmuasini barpo etib, to‘liq ishga tushirish uchun kamida 100,0 mlrd. so‘m miqdorida investitsiya kiritish; kamida 120 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish majburiyatlarni bajarishni o‘z zimmasiga olishi qayd etilgan.

Loyihada aytilishicha, qishki sport turlari (figurali uchish, short-trek, kyorling va boshqa) bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish, ko‘rgazmalar hamda forumlar tashkil etishga mo‘ljallangan zamonaviy muz saroyini tashkil qilish 2020 yil 1 sentyabrga qadar yakunlanadi.

Loyiha muhokamasi 2020 yil 18 martgacha davom etadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar