Hukumat qarori bilan Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi tasdiqlandi

Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri aholining farzand tarbiyasi bo‘yicha bilimlarini, pedagogik madaniyatini oshirish, fuqarolarni uzluksiz ma’naviy tarbiyaning samarali usullari va amalga oshirish shakllari bilan muntazam tanishtirib borish hisoblanadi.

Konsepsiyaning maqsadi – yosh avlodda mustaqil hayot uchun zarur ijtimoiy ko‘nikma va fazilatlarni yoshiga mos, bosqichma-bosqich shakllantirish asosida yuksak fazilatli, barkamol avlodni voyaga yetkazishdan iborat.

Konsepsiya to‘rtta bosqichni qamrab oladi:

  • birinchi bosqich: oilalarda (homila davri, bola tug‘ilgandan 3 yoshgacha bo‘lgan davr);

  • ikkinchi bosqich: maktabgacha ta’lim 3-6 (7) yoshgacha bo‘lgan davr;

  • uchinchi bosqich: umumiy o‘rta ta’lim (7 (6)-10 yoshgacha boshlang‘ich sinf, 11-17 (18) yosh);

  • to‘rtinchi bosqich: ishlab chiqarishda faoliyat ko‘rsatayotgan va band bo‘lmagan, shuningdek, o‘rta maxsus kasb-hunar va OTM tizimidagi yoshlar.
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar