Komponentlar darajasida quyidagi o‘zgarishlar bo‘lgan.
2023 yilning noyabr oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan 2,0 foizga mo‘’tadil oshib, 1020 birlikni tashkil etishi, quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan:
- xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqalaridagi opreatsiyalar soni 10,4foizga oshgan;
- faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bo‘yicha komponent 0,4 foizga oshgan;
- tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 2,3foizga kamaygan;
- tovar belgilari bo‘yicha komponent 27,4foizga oshgan.
Hududlar kesimida Sirdaryo viloyatida eng yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan.
2023 yil noyabr oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi barcha 7 ta hududda o‘tgan oyga (oktyabr) nisbatan o‘sish kuzatilgan. Sirdaryo (42,8%), Surxondaryo (31,7%) va Andijon (14,3%) viloyatlarida sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan (2 - rasm).
BANK HISOB VARAQALARI BO‘YIChA OPERATsIYaLAR
2023 yil noyabr oyida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 6 761,6 ming tani tashkil etdi va 2023 yilning oktyabr oyiga nisbatan 634,5 ming tranzaksiyaga (10,4%) oshgan.
Banklararo to‘lov operatsiyalari soni 5 ta hududda oshgan.
2023 yil noyabr oyida respublikaning 5 ta hududida yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan oshgan. Xususan, Sirdaryo (7,8%), Farg‘ona (5,9%), Andijon (4,1%), Namangan (0,2%) viloyatlari va Toshkent shahrida (15,2%) o‘sish kuzatilgan.
Shu bilan birga, 9 ta hududda yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni kamaygan. Sezilarli darajadagi kamayish Surxondaryo (- 19,1%), Samarqand (- 10,5%), Qashqadaryo (- 7,6%), Navoiy (- 7,4%) viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (- 27,5%) qayd etilgan.
TOVAR-XOM AShYo BIRJASIDAGI FAOLLIK
2023 yilning noyabr oyida IFIning birja komponenti 0,9771 birlikni tashkil etdi. Bu esa, ushbu komponentning o‘tgan oyga nisbatan 2,3 foizga kamayganligini anglatib, bitimlar sonining 13,2 foizga kamayganligi bilan izohlanadi. Shu bilan birga har bir bitim bo‘yicha sotib olingan tovarlar o‘rtacha hajmi 8,6 foizga oshgan.
Respublika tovar-xom ashyo birjasida tovarlar savdosi umumiy aylanmasi hajmi 2023 yil noyabr oyida 5 939,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 14,9 foizga kamaygan.
XO‘JALIK YuRITUVChI SUB’EKTLARNING FAOLLIGI
Faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent 2023 yil noyabr oyida 1,0038 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 0,4 foizga oshganligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12,8 foizga sezilarli darajada kamaygan.
2023 yil noyabr oyida barcha turdagi faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar soni 2023 yilning oktyabr oyiga (517 738 birlik) nisbatan 2 009 taga oshib, 519 747 birlikni tashkil etgan.
Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni 17 taga oshgan.
Hisobot davrida, kichik korxonalar soni 422 586 tadan 424 695 tagacha oshgan (o‘sish 2 109 ta). Shuningdek, fermer xo‘jaliklari soni 91 468 tadan 91 351 tagacha (117 ta) kamaygan. Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan sub’yektlar soni 3 701 tani tashkil etib, 2023 yilning oktyabr oyiga nisbatan 17 taga oshgan.
BRENDLARNI RO‘YXATGA OLISh
2023 yil noyabr oyida savdo belgilari muhofazasi bo‘yicha biznes faolligi indeksi 0,7258 birlikni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2023 yilning oktyabr oyiga nisbatan 27,4 foizga kamaygan. Joriy yilning noyabr oyida yuridik shaxslar tomonidan 180 ta tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan.
O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishi
Mintaqalar | IFI | Hisoblar bo‘yicha operatsiyalar komponenti | Indeksning birja komponenti | Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti | Yangi savdo markalari komponenti |
O‘zbekiston Respublikasi | ↑1020 | ↑1,1036 | ↓0,9771 | ↑1,0038 | ↓0,7258 |
Sirdaryo viloyati | ↑1428 | ↑1,0780 | ↑2,0000 | ↑1,0053 | ↑1,0000 |
Surxondaryo viloyati | ↑1317 | ↓0,8089 | ↑2,0000 | ↓0,9935 | ↓0,5000 |
Andijon viloyati | ↑1198 | ↑1,0412 | ↑1,5164 | ↑1,0064 | ↓0,2000 |
Namangan viloyati | ↑1095 | ↑1,0024 | ↑1,2328 | ↑1,0043 | ↑1,0000 |
Navoiy viloyati | ↑1067 | ↓0,9265 | ↑1,2304 | ↑1,0007 | ↑1,0000 |
Farg‘ona viloyati | ↑1061 | ↑1,0594 | ↑1,1186 | ↑1,0035 | ↓0,7333 |
Buxoro viloyati | ↑1020 | ↓0,9727 | ↑1,0490 | ↓0,9995 | ↑1,3333 |
Xorazm viloyati | ↓971 | ↓0,9409 | ↑1,0118 | ↓0,9965 | ↓0,6000 |
Qashqadaryo viloyati | ↓969 | ↓0,9241 | ↓0,9923 | ↓0,9958 | ↑1,0000 |
Toshkent shahri | ↓968 | ↑1,1518 | ↓0,7945 | ↑1,0098 | ↓0,8302 |
Toshkent viloyati | ↓956 | ↓0,9876 | ↓0,9597 | ↑1,0036 | ↓0,1739 |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi | ↓949 | ↓0,7251 | ↑1,0264 | ↑1,0190 | ↑2,0000 |
Samarqand viloyati | ↓945 | ↓0,8952 | ↓0,9919 | ↑1,0004 | ↓0,4783 |
Jizzax viloyati | ↓932 | ↓0,9303 | ↓0,9146 | ↑1,0039 | ↓0,6667 |
O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan o‘zgarishi
Mintaqalar | IFI | Hisoblar bo‘yicha operatsiyalar komponenti | Indeksning birja komponenti | Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti | Yangi savdo markalari komponenti |
O‘zbekiston Respublikasi | ↑1057 | ↑1,1039 | ↑1,1132 | ↓0,8723 | ↑1,1043 |
Toshkent shahri | ↑1462 | ↑1,3468 | ↑1,8951 | ↓0,8918 | ↑1,2000 |
Surxondaryo viloyati | ↑1225 | ↓0,4147 | ↑2,0000 | ↓0,8637 | ↑3,0000 |
Sirdaryo viloyati | ↑1187 | ↓0,5412 | ↑2,0000 | ↓0,8306 | ↓0,5000 |
Andijon viloyati | ↑1150 | ↑1,2170 | ↑1,3908 | ↓0,7339 | ↓0,2000 |
Navoiy viloyati | ↑1122 | ↓0,5266 | ↑1,8323 | ↓0,8983 | ↓0,2500 |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi | ↑1094 | ↓0,4346 | ↑1,8146 | ↓0,9149 | ↓0,5000 |
Farg‘ona viloyati | ↑1011 | ↓0,9159 | ↑1,1199 | ↓0,8521 | ↑1,8333 |
Samarqand viloyati | ↓967 | ↓0,6109 | ↑1,2988 | ↓0,8481 | ↑1,5714 |
Buxoro viloyati | ↓914 | ↓0,5279 | ↓0,9993 | ↓0,9530 | ↑4,0000 |
Namangan viloyati | ↓825 | ↓0,6375 | ↓0,9836 | ↓0,8098 | ↑1,0000 |
Qashqadaryo viloyati | ↓803 | ↓0,6754 | ↓0,8960 | ↓0,8093 | ↑1,0000 |
Toshkent viloyati | ↓766 | ↓0,6450 | ↓0,8577 | ↓0,8525 | ↓0,3333 |
Jizzax viloyati | ↓761 | ↓0,6647 | ↓0,8103 | ↓0,8740 | ↓0,4000 |
Xorazm viloyati | ↓743 | ↓0,4892 | ↓0,8341 | ↓0,9471 | ↑1,0000 |
Ruslan Abdullayev,
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Izoh qoldirish