“Qurilish uchun mo‘ljallangan metall prokatining sifati va xavfsizligi oshiriladi

“Qurilish uchun mo‘ljallangan metall prokatining sifati va xavfsizligi oshiriladi

“Qurilish uchun mo‘ljallangan metall prokatining sifati va xavfsizligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (999-son, 14.12.2019 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 martdan boshlab avval foydalanilgan, bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida ishlab chiqarilgani 3 yildan oshgan induksion pechlar va kameralarning (TIF TN kodi 8514 20 1000) O‘zbekiston hududiga olib kirilishi taqiqlanadi.

Olib kiriladigan induksion pechlar va kameralarning ishlab chiqarilgan yilini tasdiqlash uchun bojxona rasmiylashtiruvida zavodning uskunani ishlab chiqarilgan sanasi ko‘rsatilgan texnik pasporti taqdim etiladi.

2020 yil 1 yanvardan boshlab qora metallar prokatini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan induksion pechlar va kameralarga nisbatan tegishli bojxona imtiyozlari tatbiq etilmaydi.

Shuningdek, 2020 yil 15 yanvarga qadar qurilish uchun mo‘ljallangan metall prokatini ishlab chiqaradigan korxonalarning metall prokatining sifati va xavfsizligiga oid belgilangan standartlarga rioya qilish holati o‘rganiladi.

2020 yil 1 martga qadar metall prokatining sifati va xavfsizligi bo‘yicha nazoratni amalga oshiradigan sinov laboratoriyalari modernizatsiya qilinadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar