Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’yektlarini asrashga doir faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida nizom tasdiqlandi

Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’yektlarini asrashga doir faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida nizom tasdiqlandi

Hukumat qarori (1021-son, 20.12.2019 y.) bilan Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’yektlarini asrashga doir faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’yektlarini asrashga doir faoliyatni litsenziyalovchi organ etib belgilandi.

Litsenziyalash ob’yektni konservatsiyalash, restavratsiya qilish, ta’mirlash, zamonaviy foydalanishga moslashtirish hamda tiklash ishlariga nisbatan tatbiq etiladi.

Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’yektlarini asrashga doir faoliyat bilan belgilangan tartibda litsenziya olgan yuridik shaxslar shug‘ullanishi mumkin.

Litsenziya quyidagi toifalar bo‘yicha beriladi:

  • I toifadagi litsenziya –mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan ob’yektlarda asrashga doir ishlarni amalga oshirish uchun;
  • II toifadagi litsenziya – respublika va mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan ob’yektlar bo‘yicha asrashga doir ishlarni amalga oshirish uchun.

Litsenziya olish uchun da’vogar Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan murojaat qilishi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan ro‘yxatdan o‘tish zarur hisoblanadi, litsenziya cheklanmagan muddatga beriladi.

Litsenziyalovchi organ “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksi vositasida litsenziyalar reyestrini shakllantiradi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar