UzAuto Motors Ukraina bozorida uchta modelni sotishni yo‘lga qo‘ydi

UzAuto Motors Ukraina bozorida uchta modelni sotishni yo‘lga qo‘ydi

General Motors bilan alyans shartnomasi doirasida UzAuto Motors Chevrolet ommaviy bozorida sotiladigan transport vositalarini Ukrainada sotishni boshladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Kompaniya Ukraina bozorida uchta modelni namoyish etdi - mashhur A-klassli Chevrolet Spark modeli va B klassli Chevrolet Cobalt va Nexia sedanlari.

Chevrolet avtomobillarining Ukrainadagi sotuvi va xizmat ko‘rsatishini butun mamlakat bo‘ylab dilerlik tarmog‘ini rivojlantirishni rejalashtirgan rasmiy distribyutori boshqaradi.

Chevrolet avtomobillarining Ukrainada, shu jumladan Karshering xizmatlari orasida mashhurligini inobatga olgan holda, distribyutor savdo-sotiq hajmini oshirish va Ukraina bozoridagi o‘rnini mustahkamlash bo‘yicha muntazam ish olib borishni rejalashtirmoqda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar