Britaniyaning «Cable.co.uk» portali tomonidan tuzilgan jahondagi eng arzon elektr energiyasi reytingida O‘zbekiston yettinchi o‘rinni egalladi.
Resurs mutaxassislari 230 davlatda elektr energiyasi narxlarini tahlil qilgan. Ma’lum bo‘lishicha, eng arzon elektr energiyasi Afrika va MDH mamlakatlarida mavjud.
Markaziy Osiyoda eng arzon elektr energiyasi Qirg‘izistonda ekani ma’lum qilingan. Umumiy ro‘yxatda esa Qirg‘iziston to‘rtinchi o‘rinni egallagan. Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat fuqarolari har bir kilovatt-soat uchun 0,017 AQSh dollari sarflaydi.
Keyingi o‘rinda Tojikiston — bir kilovatt-soat narxi 0,023 dollarni tashkil etadi.
Umumiy reytingda 7-o‘rinni egallagan O‘zbekistonning o‘zida aholi uchun elektr energiyasi, ekspertlarning fikricha, 0,027 dollar turadi. Bu reytingda o‘n oltinchi o‘rinni egallagan Qozog‘istondan (0,039 dollar) arzonroq.
Eng qimmat elektr energiyasi Karib dengizi, Tinch okeani orollari, shuningdek, Germaniya va Somalida — bir kilovatt-soat uchun 0,30 dollardan 0,69 dollargacha.
Izoh qoldirish