Hozirgi kunda Toshkent shahridagi aholi soni ko‘payib borayotganligi sababli tibbiyot xizmatlariga ehtiyoj ham ortib bormoqda.
Shuni inobatga olgan holda Toshkent shahrida 100% davlat tasarrufida bo‘ladigan 4 ta ko‘p tarmoqli klinika qurish ko‘zda tutilgan. Ular 1-Tibbiyot Akademiyasi, Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji, 2-Tibbiyot Akademiyasi hamda Gulshan bog‘i hududlarida barpo etilishi rejalashtirilgan.
Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi ushbu bog‘ hozirgi kunda qarovsiz ahvolga kelgan. Uning hududida ko‘p tarmoqli tibbiyot klinikasi qurilishi barobarida atrofi ham obodonlashtiriladi.
Shuni aytish joizki, qurilish-loyiha ishlari bog‘dagi daraxtlarni inobatga olgan holda olib boriladi. Prezident qarori bilan e’lon qilingan moratoriyga zid kelmagan holda katta daraxtlar joyida qolib, kichik daraxtar perimetr bo‘ylab boshqa joylarga o‘tkaziladi. Buni amalga oshirish maqsadida maxsus texnika xarid kilingan.
Izoh qoldirish