Toshkentda, o‘z platformasida dunyoning 20 ta mamlakatidan 180 ta delegatlar – hukumatlar, vazirliklar, idoralar va xususiy sektor, 8 ta xalqaro moliya institutlari va 10 ta xalqaro hamkorlik tashkilotlari vakillarini birlashtirgan, Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik Dasturining (MOMIH) 18-chi vazirlar konferensiyasi o‘z ishini yakunladi.
Mintaqaviy hamkorlik o‘z ichiga keng ko‘lamli o‘zaro aloqalarni qamrab oladi: davlat organlari, korxona va fuqarolarga qo‘shma korxonalar, savdo uylarini tashkil etgan va hamkorlikning yangi istiqbolli mexanizmlarini izlash, istiqbolli g‘oyalarni joriy qilish maqsadida ishbilarmon doiralar biznes forumlarini o‘tkazgan holda, o‘zaro savdoni ko‘lamini oshirish va kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish orqali tadbirkorlikni rivojlantirish borasida tashabbuslarni namoyon qilish uchun yangi imkoniyatlar ochiladi.
Konferensiya davomida energetika sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarni belgilab beruvchi MOMIH 2030 energetika strategiyasini tasdiqlanishi muhim muvaffaqiyat bo‘ldi. Ushbu yo‘nalishlar qatorida – mamlakatlar energiya tizimlarini o‘rtasida o‘zaro aloqalarni mustahkamlash orqali mintaqaviy energiya xavfsizligini oshirish, energetika bozorlarini liberallashtirish va MOMIH ishtirokchi davlatlarning energetika sohalarini isloh qilish orqali qo‘shimcha investitsiyalarni jalb qilish hamda butunjahon hamjamiyati oldida turgan, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini bartaraf etish chaqiriqlari va vazifalariga javob beradigan ertangi kun energiya tizimilarini shakllantirish maqsadida, innovatsiyalar va ekologik xavfsizlikka e’tiborni qaratish o‘rin olgan.
Tadbir davomida tasdiqlangan MOMIH 2030 transport strategiyasida mustahkamlangan mintaqaning transport infratuzilmasini tizimli va izchil rivojlantirish, shubhasiz, MOMIH Dasturi muvaffaqiyatining asosiy sharti bo‘lib, mintaqani xalqaro savdo-iqtisodiy markazlar bilan bog‘lashga va tranzit salohiyatini amalga oshirishga undab, o‘z navbatida, transport loyihalariga qo‘shimcha investitsiyalarni jalb qilinishini ta’minlab, savdo to‘siqlarini bartaraf etish hamda vaqt va moliyaviy xarajatlarni qisqartirish hisobiga savdo xajmlarini oshirish uchun sharoit yaratadi.
Mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishning eng muhim sektorlaridan biri bo‘lgan turizm sohasi loyihalarida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini qo‘llash istiqbollari bo‘yicha ko‘p tomonlama tasavvurni shakllantirishda katta yutuqlarga erishildi. MOMIH 2030 yilgacha turizm strategiyasi va 2021–2025 yillarga mo‘ljallangan turizmga investitsiyalar jalb qilish mintaqaviy mexanizmini ishlab chiqishda OTB tomonidan texnik yordam ko‘rsatilishi qayd qilib o‘tildi.
Konferensiya yakunida MOMIH ishtirokchi davlatlari vazirlarining imzolangan qo‘shma bayonoti mintaqadagi davlatlarning savdo-iqtisodiy munosabatlarining o‘sib borayotgani, O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarning sifat jihatidan yangi bosqichi boshlanishini hamda dasturning yo‘nalishlari va ish sohalari kesimida MOMIH 2030 strategiyasini amalga oshirishda erishilgan yutuqlarni xarakterlovchi ijobiy mintaqaviy istiqbollarni mustahkamladi.
Shuningdek, hujjat bilan, MOMIHning 2030 yilgacha iqtisodiy hamjihatlik va savdo, turizm, qishloq xo‘jaligi va inson taraqqiyoti bo‘yicha kompleks strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha harakatlar belgilandi.
Tadbir yakuni bilan, OTB vitse-prezidenti Sh.Chen ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida, O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov
ushbu tadbirning amaliy natijalari mintaqada savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va iqtisodiy diversifikatsiya katalizatori hisoblanuvchi MOMIH Dasturining kelgusida muvaffaqiyatli ishlashi uchun zamin yaratganini qayd etdi hamda O‘zbekiston Hukumati uchun joriy yilda o‘z zimmasiga MOMIHga raislik qilish va barcha rejalashtirilgan tadbirlarni munosib darajada amalga oshirish uchun barcha harakatlarni amalga oshirish katta sharaf ekanligini yana bir bor ta’kidlab o‘tdi.
Kelgusi yil MOMIH Dasturining 20 yilligini nishonlash shafeligida bo‘lib o‘tadi, raislik qilish esa belgilangan tartibga ko‘ra Afg‘onistonga topshiriladi.
Izoh qoldirish