MOMIH mamlakatlarining rivojlanishi yagona energetika bozorini yaratish bilan bog‘liq

MOMIH mamlakatlarining rivojlanishi yagona energetika bozorini yaratish bilan bog‘liq

14 noyabr kuni Toshkent shahrida Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik (MOMIH) Dasturining 18-chi vazirlar konferensiyasining ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Marosimning tantanali ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Huqumati a’zolari, Osiyo taraqqiyot banki (OTB) prezidenti T.Nakao, iqtisodiyot, investitsiyalar va savdo sohalarida 11-ta mamlakatlarning yuqori martabali vakillari, xalqaro moliya institutlari, xalqaro xamkorlik tashkilotlari vakillari va diplomatik vakolatxonalar rahbarlari ishtirok etdilar.
Konferensiya mavzusi “Yangi MIMIH – mintaqaviy hamkorlik doirasini kengaytirish”.

Ushbu tadbir konferensiya ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tabrik murojaatini yetkazish bilan ochildi. Murojaatda Osiyo taraqqiyot banki rahbariyatiga va barcha ishtirokchilarga tadbirni tashkil etishdagi birgalikda xarakatlar uchun alohida minnatdorchilik bildirilib, kun tartibiga kiritilgan masalalarni muhokama qilish va kelishish ishlarida samarali faoliyat tilab o‘tildi.

OTB Prezidenti T.Nakao MOMIH Dasturi konferensiyasi tashkilotchisi va tashabbuskori nomidan qilgan chiqishida O‘zbekiston tomonidan tadbirni yuqori darajada tashkil qilinganini ta’kidlab o‘tib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Shuningdek, u o‘z ma’ruzasida Osiyo taraqqiyot bankining mintaqadagi strategik hamkorlari qatorida bo‘lgan O‘zbeksitonning iqtisodiy o‘zgarish jarayonlariga yuqori baho berib, amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida mamlakatda yuzaga kelgan qulay sharoit doirasida ikki tomonlama o‘zaro munosabatlarni yanada kengaytirilishiga umid bildirdi. “Biz, O‘zbekiston va MOMIH ishtirokchi davlatlarning iqtisodiy farovonlik davriga o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgan, o‘zaro ishonch va hamkorlikni mastahkamlashga tarafdorlik tamoillari asosida shakllanayotgan birgalikdagi xarakatlarni olqishlaymiz”, deb ta’kidladi T.Nakao.

Konferensiyaga raislik qiluvchi – O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov MOMIH Dasturining mintaqaviy tashabbuslarni amalga oshirish bilan bog‘liq dolzarb masalalarni har tomonloma muhokama qilish hamda investitsiya, energetika, transport va savdo sohalarida o‘zaro munosobatlarni rivojlantirish va mustahkamlash uchun a’zo-mamlakatlarning birgalikdagi xarakatlar strategiyasini shakillantirish uchun platformasi sifatida muhim rolini ta’qidlab o‘tdi.

Shuningndek press-konferensiya davomida a’zo mamlakatlar va xalqaro hamkorlar tomonidan MOMIH Dasturi chora-tadbirlarini amalga oshirishda erishilgan natijalar, shu jumladan energetika va transport sohasida ishlab chiqilgan strategiyalarni ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan panel sessiyalari o‘tkaziladi hamda barqaror rivojlanishning qator ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha mintaqaviy xamkorlikning dolzarb masalalari muxokama qilinadi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
Matbuot xizmati

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar