O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimi Dilshod Abduazizov 2020 yilda hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish darajasini reyting baholash haqida gapirib berdi.
Maqolaning to‘liq versiyasi «Ekonomicheskoye obozreniye» jurnalining 5-sonida chop etiladi.
O‘zbekistonda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning reytingini baholash tizimi joriy etildi, buning asosida iqtisodiy ko‘rsatkichlar, biznesni qo‘llab-quvvatlash muhiti, infratuzilma va mavjud resurslardan tuman va shaharlarda foydalanish darajasi o‘rganildi.
Hukumatning «Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risi»dagi qaroriga muvofiq (№8, 08.01.2020), 2020 yildan boshlab Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Adliya vazirligi "Biznes indikatori" avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimini ishga tushirdi.
Tadbirkorlikni rivojlantirish ko‘rsatkichlarini hisoblash va baholashning onlayn tizimi mas’ul tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan 25 ballik ko‘rsatkich bo‘lib, tadbirkorlarning 4 ta yo‘nalishdagi so‘rovlari hisoblanadi.
Hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish darajasini baholash yarim yillik va yil yakunlari asosida muntazam ravishda olib borilmoqda.
2020 yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston hududlarida tadbirkorlikni rivojlantirish darajasini baholash bo‘yicha tadqiqot natijalari.
O‘zbekiston 2016 yilga nisbatan biznes yuritishning iqtisodiy shart-sharoitlarini yaxshilash borasida ulkan yutuqlarga erishdi. Davlatning (mintaqaviy) qo‘llab-quvvatlashi tadbirkorlikni rivojlantirish omillaridan biriga aylandi.
Tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar, xususan, soliqlar, kreditlar va kommunal to‘lovlar bo‘yicha berilgan imtiyozlar, tadbirkorlik sub’yektlarini tekshirishlar bo‘yicha moratoriy hamda moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish natijasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha 2020 yilda ijobiy tendensiyalar aniqlandi:
Shunday qilib, tadbirkorlarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulkka zarar yetkazish holatlari soni 13 barobarga kamaydi (96 holat, 2019 yilda 1260 ta).
Tadbirkorlarga berilgan kreditlar bo‘yicha foizlar uchun kompensatsiya miqdori 3 barobar o‘sdi (2,8 trln.so‘m, 2019 yilda 855 mlrd. so‘m).
Tahlillar so‘nggi uch yil mobaynida uzluksiz faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar sonining o‘sishini ko‘rsatdi, ularning soni 32,5% ga oshdi va tadbirkorlar umumiy sonining 26% ni (2019 yilda 21%) tashkil etdi.
Bundan tashqari, tadbirkorlar ishtirokida xo‘jalik va ma’muriy sudlarda ko‘rib chiqilgan nizolar 44% ga (97,6 ming, 2019 yilda 173,3 ming) kamaydi va tadbirkorlik sub’yektlarini tekshirishlar soni 8,5% ga (52,3 ming, 2019 yilda - 57,2 ming) kamaydi.
Koronavirus pandemiyasi davrida tadbirkorlikni rivojlantirish
Karantin tufayli ko‘plab korxonalar vaqtincha yopilishga majbur bo‘ldi, umumiy talabning pasayishi kuzatildi va ishsizlarning soni oshdi. Virusning tarqalishini kamaytirish uchun qo‘llangan ijtimoiy masofa va joriy lokdaun cheklovlari iqtisodiyotga ta’sir ko‘rsatdi.
Shunday qilib, tadbirkorlarning davlat oldidagi qarzdorligi majburiy ijroda 3,4 barobar oshdi (690 mlrd. so‘m, 2019 yilda 206 mlrd. so‘m).
Shu bilan birga, tadbirkorlarning muddati o‘tgan kreditlar miqdori 63% ga (4,8 trln. so‘m 2019 yilda 3,0 trln. so‘m) oshdi.
Tahlillarda bo‘sh turgan yerlardan samarali foydalanish darajasi 72% dan 37% gacha pasaygani aniqlandi.
So‘rov natijalariga ko‘ra, 2020 yilda 25 mingdan ziyod tadbirkor 2019 yilga nisbatan bank xizmatlari, infrastruktura va davlat organlariga tadbirkorlarning ishonchi ortganini qayd etdi.
Shu bilan birga, respondentlarning 44% majburiy homiylik bilan shug‘ullangan va 40% sud qarorlarining adolatiga shubha bilan qaragan.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, respublikamizning viloyat va tumanlaridagi shaharlar reytingi tuzildi.
Baholash natijalariga ko‘ra, tarbirkorlikni rivojlantirishning eng yuqori darajasi Toshkent shahrida qayd etildi (7,8 ball). Eng past ko‘rsatkichlar Qashqadaryo (4,5 ball), Surxondaryo (4,5 ball) va Samarqand (4,6 ball) viloyatlarida qayd etildi.
Bektemir (9,0 ball), Mo‘ynoq (8,9 ball), Qo‘rg‘ontepa, Yakkasaroy va Karmana (8,4 ball) tumanlari yetakchi bo‘ldi. Baxmal (6,3 ball), Buvayda (6,4 ball), Tuproqqal’a, Uchko‘prik, Samarqand, Bekobod va Yangiyo‘l tumanlari (6,5 ball) reytingda so‘nggi o‘rinlarni egalladi.
Ushbu tadqiqot natijalari haqida batafsil ma’lumotni «Ekonomicheskoye obozreniye» jurnalida nashrga tayyorlanayotgan analitik maqolada topishingiz mumkin.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati
Izoh qoldirish