Texnologiyalarni joriy etishning mehnat unumdorligiga ta’siri
Raqamlashtirish, sun’iy intellekt, zamonaviy onlayn texnologiyalar va samarali boshqaruv biznes unumdorligini qanday oshirishi, Markaziy Osiyo mamlakatlari nima sababdan ortda qolayotgani hamda O‘zbekistonda texnologik rivojlanish va raqobatbardoshlikni tezlashtirish uchun qanday islohotlar zarurligi haqida.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Jahon banki hisobotining texnologiyalarni joriy etish mehnat unumdorligiga qanday ta’sir ko‘rsatishiga bag‘ishlangan qismini tahlil qildi. Hisobotda 2008–2023 yillar davomida korxonalar faoliyati bo‘yicha yig‘ilgan 40 million kuzatuv natijalari keltirilgan. Raqamlashtirish darajasi yuqori bo‘lgan korxonalarda bir xodim hissasiga to‘g‘ri keladigan savdo hajmi va qo‘shilgan qiymat ko‘rsatkichlari ham yuqoriroq bo‘ladi. Texnologik yangilanish Markaziy Osiyo mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini cheklab... ...
Izoh qoldirish