Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2026 yil mart oyida 1206 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 20,6 foizga oshdi. Shuningdek, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 22,7 foizlik o‘sish qayd etildi.

Joriy yilning mart oyida IFI komponentlari darajasidagi quyidagi o‘zgarishlar kuzatildi:
- xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisob-varaqlaridagi operatsiyalar soni bo‘yicha komponent 4,3 foizga ortgan;
- tovar-xom ashyo birjasida xom-ashyo sotib olish jadalligi 46,2 foizga oshgan;
- faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bo‘yicha komponent 3,8 foizga ortgan;
- tovar belgilari bo‘yicha komponent 8,1 foizga kamaygan;
Shuningdek, 2026 yil mart oyida IFI barcha hududda o‘tgan oyga nisbatan o‘sishi kuzatilgan (Grafik №2).

IFIning o‘sishi barcha hududlarda qayd etildi. Eng yuqori o‘sish sur’atlari Andijon (47,8%), Surxondaryo (43,7%), Xorazm (42,3%) va Samarqand (41,8%) viloyatlarida kuzatildi.
Hisobot davrida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 7 052,5 ming tani tashkil etib, 2026 yilning fevral oyiga nisbatan 292,2 ming tranzaksiyaga (4,3%) ortgan.
Banklararo to‘lov operatsiyalari soni 13 ta hududda ortgan. Xususan, Andijon (13,5 %), Farg‘ona (8,2 %), Sirdaryo (6,9 %) va Surxondaryo (5,5 %) viloyatlarida yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan sezilarli ortgan. Bu ko‘rsatkich Qoraqalpog‘istonda 1,1 %ga kamaygan.
Joriy yilning mart oyida IFIning birja komponenti 1,4621 birlikni tashkil etgan (o‘tgan oyga nisbatan 46,2 foizga ortgan). Bunda, tuzilgan bitimlar soni 2,1 baravarga ortganligi va har bir bitim bo‘yicha sotib olingan tovarlarning o‘rtacha hajmi 14,6 foizga kamayganligi kuzatildi.
Respublika tovar-xom ashyo birjasida asosiy 34 turdagi tovarlar savdosining umumiy aylanmasi hajmi 2026 yil mart oyida 7 460 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 18,5 foizga ortgan.
Bunda, birja savdolardagi ushbu faollikda azot-fosforli o‘g‘it savdosi hajmining o‘tgan oyga nisbatan 93,1 baravarga, armatura 6,5 baravar, qora metall prokati 4 baravar va polipropilen 3,4 baravarga ortishi asosiy omil hisoblanadi.
Hisobot davrida faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’yektlari komponenti 1,0382 birlikni tashkil etib, oldingi oyga nisbatan 3,8 foizga ortgan. Bunda, barcha turdagi faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar soni oldingi oyga nisbatan 2 557 birlikka ortib, 511 mingtani tashkil etgan; yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni esa 558 taga oshib, 4 719 tani tashkil etgan; kichik korxonalar soni 2,2 mingtaga ortib, 417,3 mingtaga yetgan. Shuningdek, fermer xo‘jaliklari soni 185 taga kamayib, 89,1 mingtani tashkil etgan.
2026 yilning mart oyida savdo belgilari bo‘yicha komponent 0,9186 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 8,1 foizga kamaygan. Mazkur davrda yuridik shaxslar tomonidan 395 ta tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan.
Jadval №1
O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishi
| Mintaqalar | IFI | Hisoblar bo‘yicha operatsiyalar komponenti | Indeksning birja komponenti | Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti | Yangi savdo markalari komponenti |
| O‘zbekiston Respublikasi | ↑1206 | ↑1,0432 | ↑1,4621 | ↑1,0382 | ↓0,9186 |
| Andijon viloyati | ↑1478 | ↑1,1351 | ↑2,0000 | ↑1,0569 | ↑1,6000 |
| Surxondaryo viloyati | ↑1437 | ↑1,0577 | ↑2,0000 | ↑1,0758 | ↑1,0000 |
| Xorazm viloyati | ↑1423 | ↑1,0526 | ↑2,0000 | ↑1,0590 | ↓0,7333 |
| Samarqand viloyati | ↑1418 | ↑1,0317 | ↑2,0000 | ↑1,0759 | ↓0,6667 |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi | ↑1380 | ↓0,9894 | ↑1,9789 | ↑1,0347 | ↓0,5000 |
| Farg‘ona viloyati | ↑1183 | ↑1,0819 | ↑1,3408 | ↑1,0580 | ↑1,1600 |
| Toshkent shahri | ↑1151 | ↑1,0379 | ↑1,3343 | ↑1,0232 | ↓0,9545 |
| Namangan viloyati | ↑1150 | ↑1,0365 | ↑1,3468 | ↑1,0369 | ↓0,6875 |
| Toshkent viloyati | ↑1129 | ↑1,0120 | ↑1,2935 | ↑1,0249 | ↑1,0500 |
| Navoiy viloyati | ↑1113 | ↑1,0361 | ↑1,2725 | ↑1,0442 | ↓0,4000 |
| Sirdaryo viloyati | ↑1110 | ↑1,0694 | ↑1,2436 | ↑1,0727 | ↓0,0833 |
| Buxoro viloyati | ↑1062 | ↑1,0484 | ↑1,0848 | ↑1,0576 | ↓0,9412 |
| Jizzax viloyati | ↑1049 | ↑1,0193 | ↑1,0537 | ↑1,0709 | ↑1,1667 |
| Qashqadaryo viloyati | ↑1044 | ↑1,0562 | ↑1,0603 | ↑1,0345 | ↓0,7500 |
Jadval №2
O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan o‘zgarishi
| Mintaqalar | IFI | Hisoblar bo‘yicha operatsiyalar komponenti | Indeksning birja komponenti | Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti | Yangi savdo markalari komponenti |
| O‘zbekiston Respublikasi | ↑1227 | ↑1,1905 | ↑1,3528 | ↑1,0632 | ↑1,1652 |
| Andijon viloyati | ↑1568 | ↑1,4301 | ↑2,0000 | ↑1,0153 | ↑1,4545 |
| Surxondaryo viloyati | ↑1508 | ↑1,0238 | ↑2,0000 | ↑1,0441 | ↑4,0000 |
| Namangan viloyati | ↑1378 | ↑1,0285 | ↑1,7443 | ↑1,0799 | ↑2,7500 |
| Qoraqalpog‘iston Resaublikasi | ↑1331 | ↑1,0482 | ↑1,7291 | ↑1,1031 | ↑1,0000 |
| Qashqadaryo viloyati | ↑1281 | ↑1,0145 | ↑1,6733 | ↑1,0762 | ↓0,6667 |
| Navoiy viloyati | ↑1201 | ↑1,0507 | ↑1,4350 | ↑1,0425 | ↑1,0000 |
| Toshkent sh. | ↑1185 | ↑1,2103 | ↑1,2236 | ↑1,0829 | ↑1,1159 |
| Jizzax viloyati | ↑1149 | ↓0,9865 | ↓0,8960 | ↑1,0707 | ↑7,0000 |
| Xorazm viloyati | ↑1148 | ↑1,0145 | ↑1,3048 | ↑1,0801 | ↑1,1000 |
| Farg‘ona viloyati | ↑1139 | 0,9833 | ↑1,3172 | ↑1,0483 | ↑1,2609 |
| Toshkent viloyati | ↑1124 | ↑1,0000 | ↑1,2467 | ↑1,0797 | ↑1,2727 |
| Samarqand viloyati | ↑1053 | ↑1,0672 | ↑1,0481 | ↑1,0917 | ↓0,6667 |
| Buxoro viloyati | ↓982 | ↑1,0197 | ↓0,8399 | ↑1,0428 | ↑2,0000 |
| Sirdaryo viloyati | ↓871 | 0,8857 | ↓0,7874 | ↑1,0743 | ↓0,3333 |
Islombek Saparmatov, CERR
Izoh qoldirish