Xiva tumani kompleks rivojlantiriladi

Xiva tumani kompleks rivojlantiriladi

Hukumat qarori (901-son, 02.11.2019 y.) bilan 2019-2020 yillarda Xorazm viloyatining Xiva tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

Dasturning asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri tumanni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholining, xususan yoshlar va kam ta’minlangan fuqarolarning bandligini ta’minlash orqali ularning daromadlarini va turmush darajasini oshirishdan iborat.

Dasturga ko‘ra, sanoat, xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy infratuzilma va boshqa sohalarni rivojlantirish uchun jami 187 ta loyihani amalga oshirish va 674 ta yangi ish o‘rnini yaratish nazarda tutilgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar