«WorldSkills Russia» birlashmasi O‘zbekistonda «WorldSkills» harakatining operatori hisoblanuvchi Ishchi kasblarni rivojlantirish va ommalashtirish assotsiatsiyasi bilan hamkorlik memorandumini imzoladi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.
Memorandum O‘zbekistonda «WorldSkills» harakatini rivojlantirish maqsadida ikki mamlakat hamkorligi birinchi bosqichining muvaffaqiyatli davomi bo‘ldi. Yangi ikki tomonlama hamkorlik mamlakatda harakatning kelajakda keng miqyosda yoyilishini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida kasbiy ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan birgalikdagi turli loyihalarni nazarda tutadi.
O‘zbekistondagi «WorldSkills» vakillarining so‘zlariga ko‘ra, harakat uchun yosh kadrlar malakasini oshirish hisobiga iqtisodiyotni rivojlantirishning muvaffaqiyatli tajribalari va yangi imkoniyatlarini oshirgan holda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish muhim.
Shuningdek, «WorldSkills» ning tajribasiga muvofiq kasbiy va ta’lim standartlarini yangilash, milliy jamoalarning birgalikdagi mashg‘uloti va ikki davlatning «WorldSkills» xalqaro musobaqalarida ishtirok etishga tayyorgarligi kabi asosiy yo‘nalishlari qamrab olinadi.
Bundan tashqari, Rossiya 2021 yili Shanxayda kasbiy mahorat bo‘yicha o‘tkaziladigan jahon chempionatida respublika sharafini himoya qiluvchi O‘zbekiston terma jamoasi tarkibini shakllantirish va ularni musobaqaga tayyorlashga yordam beradi.
Izoh qoldirish