Xitoyda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importi oshadi                                        
                                        
                                        
                                            21-25 dekabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-Uyg‘ur muxtor o‘lkasi tijorat departamenti va Shinjon ishlab chiqarish-qurilish korpusi delegatsiyasi ishchi tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ldi.                                        
                                     
                                                                            
                                                                        
                                        
                                                                                            21-25 dekabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-Uyg‘ur muxtor o‘lkasi tijorat departamenti va Shinjon ishlab chiqarish-qurilish korpusi delegatsiyasi ishchi tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ldi.  Delegatsiya tarkibidan Shinjon-Uyg‘ur muxtor o‘lkasining savdo, moliya, konsalting, logistika, qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan kompaniyalari vakillari ham o‘rin oldi. Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi tarkibidagi “O‘zagroesport” aksiyadorlik jamiyati vakillari bilan uchrashib, O‘zbekistondan Xitoyga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importini oshirish masalalari bo‘yicha muzokaralar olib bordi. Muzokaralar yakuni bo‘yicha “O‘zagroeksport” AJ va “Shitszindan” eksport-import savdo kompaniyasi, “Huahe International” biznes-konsalting kompaniyasi o‘rtasida savdo hamkorlik bo‘yicha bayonnomalar imzolandi. “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi Axborot xizmati                                                                                    
                                        
                                     
                                                                        
Izoh qoldirish