Tibbiy niqob – Andijon va Namangan viloyatida 500 so‘m, Toshkent shahrida 6 ming so‘m.
Antiseptik gel – Andijonda 700 so‘m bo‘lsa, Navoiy, Surxondaryo va Toshkent viloyatida 20 ming so‘mgacha.
Mahalliy un birinchi navi – Toshkent viloyatida 1700 so‘m, Toshkent shahrida 6 ming so‘mni tashkil etmoqda.
Qolipli non – Qoraqalpog‘iston va Andijon viloyatlarida 1250 so‘m, Navoiy, Toshkent viloyatida 2 ming so‘m.
Makaron – Qoraqalpog‘istonda 2500 so‘m, Buxoro viloyatida 10 ming so‘m.
Shakar – Andijon viloyatida 4 ming so‘m, Navoiy, Samarqand viloyatlarida va Toshkent shahrida 7 ming so‘m.
O‘simlik yog‘i – Toshkent shahrida 7500 so‘mdan 15300 so‘mgacha.
Xo‘jalik sovuni – Farg‘onada 1000 so‘m, Toshkent shahrida 4 ming so‘m.
Tuxum – Qoraqalpog‘iston va Andijonda 500 so‘m, Toshkent shahrida 1200 so‘m.
Mol go‘shti – Qoraqalpog‘iston Respublikasida 37 ming so‘m bo‘lsa, Toshkent shahrida 70 ming so‘m.
Qo‘y go‘shti – o‘rtacha hisobda Toshkent shahrida 39 mingdan 75 ming so‘mgacha.
Tovuq go‘shti – Namangan viloyatida 10 ming so‘m, Toshkent viloyatida 30 ming so‘m.
Guruch – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida 3 ming so‘mdan, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 16 ming so‘mdan.
Kartoshka – Surxondaryo viloyatida 1000 so‘m, Toshkent viloyatida 6500 so‘m.
Piyoz – Surxondaryoda 500 so‘m, Toshkent viloyati va Samarqand viloyatida 4 ming so‘m.
Sabzi – Surxondaryoda 500 so‘m, Buxoro, Navoiy, Samarqand viloyatlarida va Toshkent shahrida 2500 so‘mgacha.
Sarimsoq piyoz – Qashqadaryoda 10 ming so‘m, Farg‘onada 9 ming so‘m, Toshkent viloyatida 80 mingdan sotilgan bo‘lsa, Samarqand viloyatida 90 ming so‘mgacha sotilmoqda.
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini
himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi
axborot xizmati
Izoh qoldirish