COVID-19 va Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyoti

COVID-19 va Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyoti

Koronavirus pandemiyasi sog‘liqni saqlash va global iqtisodiyot muammosiga aylandi. Butun dunyo bo‘ylab karantin qoidalarining joriy etilishi va Markaziy Osiyo davlatlarining asosiy savdo hamkori Xitoyda ishlab chiqarish hajmini qisqarishi mintaqa mamlakatlari uchun tabiiy resurslar eksportidan tushumlarni kamayishiga, tashqi savdo aylanmasi hajmining qisqarishiga, mehnat muhojirlaridan pul o‘tkazmalari hajmi hamda mahalliy aholi daromadlarini sezilarli darajada pasayishiga olib keldi.

COVID-19 pandemiyasi Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyotiga qanday ta’sir ko‘rsatmoqda?

Mintaqa mamlakatlarining asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarini vizuallashtirilgan holda Uzanalytics.com sayti tomonidan tayyorlangan qo‘yidagi interaktiv panelda kuzating. Bular yangi ma’lumotlar e’lon qilinishi bilan yangilanadi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida YaIMning eng ko‘p miqdorda pasayishi Qirg‘izistonda kutilmoqda: minus 4 foiz. Ayni paytda Qirg‘iziston Iqtisodiyot vazirligining prognozlari bundan ham pessimistik ko‘rsatkichni taxmin qilmoqda: minus 7 foiz. O‘zbekistonda esa mintaqa bo‘yicha eng yuqori inflyasiya darajasi prognoz qilinmoqda, ammo bu yilgi inflyasiya o‘tgan yilga nisbatan past bo‘lishi kutilmoqda.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra

Xom ashyo tovar fyucherslari narxlarining o‘zgarishi, AQSh dollarida

2019 yilning mart-aprel oylarida boshlangan neft va gaz narxlarida pasayish tendensiyasi keyinchalik koronavirus pandemiyasi tufayli yanada kuchaydi. Oltin narxi esa aksincha, bir yil davomida deyarli 40 foizga oshdi, bu Qirg‘iziston va O‘zbekiston uchun manfaatlidir.

The Wall Street Journal ma’lumotlariga ko‘ra

Milliy valyutalarning AQSh dollariga nisbatan kursi

Oziq-ovqat mahsulotlarida inflyasiya darajasi, foizda

Tojikiston: Dushanbe shahrida oziq-ovqat mahsulotlari asosiy turlarining narxi(somoniyda, narxlarning kumulyativ indeksi - foizda)

Xitoyning mintaqa mamlakatlari bilan tashqi savdosi

(Joriy yilning I choragida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘zgarishi, foizda)

COVID-19 pandemiyasi davrida Xitoyning Markaziy Osiyoga eksport hajmi kamaydi: Qirg‘izistonga - deyarli 50 foizga, O‘zbekistonga – 30 foizga. Qozog‘istondan esa aksincha, eksport hajmi oshdi.

Xitoy bojxona xizmati statistik ma’lumotlariga ko‘ra

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar

So'nggi yangiliklar