Yandex Go kompaniyasi Toshkentda haydovchilarga eng yaqin emlash punktini ko‘rsatadigan algoritmni ishga tushirdi

Yandex Go kompaniyasi Toshkentda haydovchilarga eng yaqin emlash punktini ko‘rsatadigan algoritmni ishga tushirdi

Yandex Go kompaniyasi hamkor haydovchilariga Toshkentda eng yaqin koronavirusga qarshi emlash punktini topishga yordam beradigan maxsus algoritmni ishga tushirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati Review.uz’ga ma’lum qildi.

Agar haydovchi COVID-19 emlash punkti yaqinida bo‘lsa, dastur u yerga borishni taklif qiladi. Lekin pasportingiz yoningizda bo‘lishi kerak. Bu haydovchilarga shaharda emlash uchun qulay joy qidirish vaqtini tejashga yordam beradi.

Yandex Go shuningdek, foydalanuvchi va hamkor haydovchilariga niqob taqish va boshqa profilaktika choralari to‘g‘risida ma’lumot berishda davom etmoqda.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar