Qo‘shni davlatlardan o‘qishni ko‘chirish imtihonsiz bo‘ladi

Qo‘shni davlatlardan o‘qishni ko‘chirish imtihonsiz bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2020 yil 4 fevraldagi 12-son bayoni bilan qo‘shni davlatlar (Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston)dagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga o‘qishini respublikamiz oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha ariza topshirishga ruxsat etilgan edi.

Arizalarni qabul qilish muddati uzaytirildi

Qo‘shni davlatlar (Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston) oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar va ularning ota-onalaridan kelib tushgan ko‘plab murojaatlarni inobatga olgan holda, fuqarolarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida arizalarni qabul qilish muddati 2020 yil 15 martga qadar uzaytirildi.

Talabgorlar o‘z hududlaridagi ishchi guruhlariga kerakli hujjatlarni taqdim etishlari kerak

Respublikaning barcha hududlarida bittadan oliy ta’lim muassasasida Hududiy ishchi guruhlari tashkil etilgan.

Talabgorlar 2020 yil 15 martga qadar doimiy yashash hududida tashkil etilgan ishchi guruhga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

  • ariza (joyida to‘ldiriladi);
  • reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma (transkript) nusxasi;
  • pasport nusxasi.

Xorijdan O‘zbekistonga o‘qishni ko‘chirish kontrakt asosida bo‘ladi

Xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan talabalar o‘qishini respublika oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

O‘qishni ko‘chirishda hech qanday imtihon bo‘lmaydi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar