Prezident Farmonida davlat organlari, tashkilot va muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 500 talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy OTMni tamomlagan yoki ularda ilmiy daraja (PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan yosh mutaxassislarning lavozim maoshiga davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha ustamalar to‘lab borish tartibi joriy etilishi nazarda tutilgan.
Farmonga muvofiq, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan oylik ustamalar tatbiq etiladigan ta’lim yo‘nalishlari, tashkilotlar ro‘yxati shakllantirildi hamda endilikda Agentlik, ish beruvchi va yosh mutaxassis o‘rtasida 3 yilgacha bo‘lgan muddatga tuziladigan shartnomaga asosan, xodimning lavozim maoshiga qo‘shimcha ravishda ustamalar har oy to‘lab beriladi.
Qo‘shimcha ustamalar to‘lab berishning asosiy shartlari:
- Yuqori 500 talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarini 2021 yil va kelgusi yillarda tamomlagan yosh mutaxassisga nisbatan tatbiq etiladi.
- yosh mutaxassis qo‘shimcha miqdorlarning bittasidan foydalanishi mumkin.
Qo‘shimcha ustama olish uchun hujjatlar qaysi tashkilotga taqdim qilinadi:
Nomzodlarning hujjatlari davlat organlari, tashkilot va muassasalari tomonidan Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga taqdim etiladi.
Taqdim qilinadigan hujjatlar:
- Shartnoma tuzish bo‘yicha murojaat xati;
- Yosh mutaxassisning xorijiy OTMni tamomlagani to‘g‘risida Diplom, nostrifikatsiya to‘g‘risida hujjat, mehnat shartnomasi va ishga qabul qilinganlik to‘g‘risida buyruq nusxalari;
- 3 nusxada ish beruvchi va yosh mutaxassis tomonidan imzolangan shartnomalar.
Shartnoma tuzilgan kundan boshlab, ish beruvchi yosh mutaxassisning har oylik lavozim maoshiga qo‘shimcha ustamalarni to‘lab boradi.
Izoh qoldirish