Bugungi kunda ilk bor O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari orasida Toshkent davlat stomatologiya instituti dunyo tan olgan Butunjahon tibbiy ta’lim federatsiyasi tomonidan (WFME Prezidenti Devid Gordonning tavsiyasi, ekspertlar xulosasi va talablari asosida) xalqaro akkreditatsiyadan o‘tdi.
Joriy yilning 10-11-dekabr kunlari Toshkent davlat stomatologiya instituti va “HYATT Regensy” mehmonxonasida IV-Xalqaro stomatologlar kongressi va VIII-O‘zbekiston stomatologlarining qurultoyi o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, joriy yilning 10 dekabr kuni ushbu kongress va qurultoyning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Xalqaro kongressni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulovlar kirish so‘zi bilan ochib berdi. Ushbu xalqaro anjumanda respublika va halqaro oliy ta’lim muassasalari rektorlari, tibbiyot sohasi professorlari, fan nomzodlari, ilmiy izlanuvchilar ishtirok etishmoqda.
O‘tkazilayotgan ushbu kongress doirasida ilk bor O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari orasida Toshkent davlat stomatologiya instituti dunyo tan olgan Butunjahon tibbiy ta’lim federatsiyasining xalqaro akkreditatsiyasidan o‘tib, sertifikatini qo‘lga kiritdi.
Qo‘lga kiritilgan xalqaro akkreditatsiya endilikda Toshkent davlat stomatologiya instituti bituruvchilarining diplomi jaxon miqyosida tan olinadi.
Akkreditatsion Kengashning xulosasiga muvofiq, Toshkent davlat stomatologiya instituti bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari akkreditatsiyadan o‘tdi.
Toshkent davlat stomatologiya instituti xalqaro akkreditatsiyasi – O‘zbekistondagi ta’lim dasturlarini xalqaro sifat standartlariga mosligini baholash jarayoni bo‘lib, Oliy ta’lim sifati kafolati Yevropa assotsiatsiyasi (ENQA) a’zosi va Sifat kafolati agentliklari Yevropa reyestrida (EQAR) mavjud mustaqil xorijiy agentlik tomonidan o‘tkazildi.
Toshkent davlat stomatologiya instituti tomonidan xalqaro akkreditatsiyani qo‘lga kiritilishi, institut jamoasi uchun xalqaro ta’lim maydonda ko‘pgina imkoniyatlarni kengaytiradi. Xususan, ta’lim dasturlarini dunyo hamjamiyati tomonidan tan olinishi, xorijiy OTMlar bilan hamkorlik o‘rnatish va rivojlantirish, ta’lim jarayonlarining oshkoraligi va ochiqligi ta’minlash, bitiruvchilarning komptentligini oshirish.
Ma’lumot o‘rnida: bugungi kunda Toshkent davlat stomatologiya instituti dunyodagi 20 dan ortiq rivojlangan mamlakatlarning 100 dan ziyod yetakchi horijiy OTM va ilmiy markazlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, respublika oliy ta’lim muassasalari orasida Yevropa ittifoqida o‘z filialiga, xalqaro sifat menedjmenti ISO 9001:20.15 sertifikatiga hamda Finlyandiyaning JAMK universiteti bilan hamkorlikdagi «Tibbiyot va innovatsiyalar» ilmiy – amaliy jurnaliga ega.
Izoh qoldirish