Inqirozdan keyin O‘zbekistonning xalqaro mehnat taqsimotidagi o‘rni qaysi tomonga o‘zgaradi?
Jahon Banki va boshqa xalqaro tashkilotlar ekspertlari butun dunyo, shu jumladan, O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sish sur’atlari kamayishini ta’kidlayotgan bo‘lsa ham, mamlakatda rejalashtirilayotgan taraqqiyot ko‘rsatkichlariga erishish va hatto xalqaro mehnat taqsimotidagi o‘rnini mustahkamlab olish uchun imkoniyatlar mavjud ekanligini aytish mumkin. Buning uchun inqiroz davri va inqirozdan keyingi chora-tadbirlarni puxta o‘ylangan iqtisodiy-siyosiy qarorlar asosida olib borish taqazo etiladi.
Izoh qoldirish