Samarqand viloyatining 2023 yil yanvar-dekabr oylaridagi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlil qilindi

Samarqand viloyatining 2023 yil yanvar-dekabr  oylaridagi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlil qilindi

Ushbu davrda Samarqand viloyat YaHM hajmi 74,1 trln. so‘mni tashkil etgan xolda o‘tgan yilgi mos davrga nisbatan 5,6% ga o‘sgan, shuningdek, YaIM tarkibida viloyatning hissasi 6,9% ni tashkil etgan. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaHM hajmi esa 17 801,6 ming so‘mni tashkil qilgan o‘tgan mos davrga nisbatan 3,4% ga oshgan.

Hudud iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi YaHMning 98,1%ini tashkil etgan bo‘lsa, maxsulotlarga sof soliqlar esa 1,9%ini tashkil etgan.

YaHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibida sanoat ulushi qurilishni qo‘shgan holda 21,2% (2022 yilda 22,9%), qishloq xo‘jaligi ulushi 39,6% (2021 yilda 39,4%) va xizmat ko‘rsatish ulushi 39,2% (2022 yilda 37,7%) ni tashkil etgan.

Respublika makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini shakllanishida viloyatning hissasi ahamiyatli hisoblanadi. YaIMda viloyatning hissasi 7%ni hamda asosiy kapitalga investitsiyalar kiritishda 7,6%ni tashkil etib 4-o‘rin, qurilish ishlari bo‘yicha 6,7%ni tashkil etib 4 o‘rinni va qishloq xo‘jaligi sohasida 12,0% ni tashkil etib 1 o‘rinni egallagan.

2023 yilda kichik tadbirkorlikning hajmi 52,9 trln. So‘mni tashkil etib(2022 yilda 42,3 trln.), YaHMdagi ulushi 72,8%ni tashkil etgan (2022 yilda 70,4%). Kichik tadbirkorlikning YaHMdagi ulushining o‘tgan yilga nisbatan o‘sishi yirik korxonalar ulushining pasayishi bilan bog‘liq.

Murtazayev Ardasher

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Мақолани улашинг

Ўхшаш янгиликлар