Boshoqli don ekinlari bo‘yicha davlat xaridi to‘liq bekor qilinadi

Boshoqli don ekinlari bo‘yicha davlat xaridi to‘liq bekor qilinadi

Hukumatning “2021 yilda boshoqli don yetishtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (546-son, 08.09.2020 yil) qabul qilindi.

Unga ko‘ra:

- Prezidentning 2020 yil 6 martdagi “G‘alla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, davlat tomonidan g‘allaga xarid narxini belgilash amaliyotidan voz kechiladi;

- boshoqli don ekinlari bo‘yicha davlat xaridi to‘liq bekor qilinadi;

- ichki bozorda don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur miqdordagi donning fyuchers, forqard shartnomalari asosida yoki birja savdolari orqali erkin narxlarda xarid qilish belgilandi.

Qaror bilan, shuningdek:

- Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2021 yil hosili uchun prognoz ko‘rsatkichlari;

- superelita urug‘lik don yetishtirish xajmlarining prognoz ko‘rsatkichlari;

- boshoqli don ekinlari urug‘larini tayyorlash xajmlarining prognoz ko‘rsatkichlari;

- don va don mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun xarid qilinadigan tovar don xajmlari kabilar belgilandi.

Shu bilan birgalikda,

2021 yil hosili uchun ekiladigan kuzgi boshoqli don ekinlarining urug‘larini yetarli miqdorda nav va avlodlar bo‘yicha tozalash, saralash, dorilash, qoplash hamda sertifikatlash ishlarini shu yilning 25 sentyabriga qadar yakunlash belgilandi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar