Innovatsiya vazirligi va “Skolkovo”: Toshkentda startap-turdan MDH mamlakatlarining innovatsion hamkorligigacha

Innovatsiya vazirligi va “Skolkovo”: Toshkentda startap-turdan MDH mamlakatlarining innovatsion hamkorligigacha

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov “Skolkovo“ jamg‘armasi Mintaqaviy rivojlanish va MDH bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha vitse-prezident muovini Aleksandr Okunev boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuv doirasida MDHga a’zo davlatlar innovatsion hamkorligining davlatlararo dasturi vazifalarini amalga oshirish va ushbu dasturning 2030 yilgacha bo‘lgan davrdagi maqsadlarini belgilash bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot kotibi Nazokat Abduqunduzova Review.uz'ga xabar bermoqda.

2020 yilda iqtisodiyot raqamlashtiriladi

I. Abdurahmonov 2020 yilda Innovatsion rivojlanish vazirligi o‘z faoliyatida ikki asosiy yo‘nalish — iqtisodiyotni raqamlashtirish hamda matematika, kimyo, biologiya va geologiya sohalarida ilm-fanni rivojlantirish urg‘u berishini aytib o‘tdi.

“Innoweek-2020” Skolkovo rezidentlari taklif etildi

Shuningdek, vazir “Skolkovo” bilan hamkorlik doirasida “Yaklass“ loyihasini ishga tushirilgani va Rossiya Federatsiyasi Innovatsiyalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi bilan qo‘shma startap loyihalar tanlovi e’lon qilinganini alohida ta’kidladi. Shuningdek, uchrashuvda Skolkovo rezidentlari 2020 yilning kuzida bo‘lib o‘tadigan Innovatsion g‘oyalar haftaligi – “Innoweek-2020”da ishtirok etishga taklif qilindi.

Startap-turga Markaziy Osiyo davlatlaridan ham startaplar taklif etiladi

Tomonlar 2020 yilning kuzida Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan “startap-tur“ni tashkil etish bo‘yicha ish rejasini muhokama qilishdi. Unda ishtirok etish uchun arizalarning qabuli bo‘yicha ma’lumotlar joriy yilning aprel oyida e’lon qilinishi kutilmoqda. Okunev o‘z navbatida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan startap-turga Markaziy Osiyo davlatlaridan ham startaplarni taklif etish masalasini o‘rtaga qo‘ydi.

O‘zbekiston kompaniyalarining Rossiya bozoriga chiqishi mumkin

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasida “Skolkovo“ loyihasida ishtirok etayotgan kompaniyalarning innovatsion ishlanmalarini joriy etish, yangi ish o‘rinlari yaratish, ishlab chiqarish ob’yektlarini ochish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish masalasi ham muhokama qilindi. Rossiya Savdo-sanoat palatasining innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish jamg‘armasi boshqaruvchi hamkori Olga Sereda O‘zbekiston kompaniyalarining Rossiya bozoriga chiqishiga ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar