O‘zbekiston koronavirus yetib bormagan, jozibador mamlakatlar ro‘yxatiga kiritildi

O‘zbekiston koronavirus yetib bormagan, jozibador mamlakatlar ro‘yxatiga kiritildi

“The Telegraph” nashri O‘zbekistonni koronavirusdan xoli, jozibador mamlakat, deya e’tirof etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, Buyuk Britaniyaning “The Telegraph” gazetasi O‘zbekistonni sayohat qilish uchun koronavirusdan xoli, turictik jihatdan jozibador 19 mamlakat qatoriga qo‘shgan.

“Telegraph Travel” yozuvchisi Sara Uiler O‘zbekistonni nur va ajib go‘zallik taratib turuvchi mamlakat, deya ta’riflagan.

Ro‘yxatda Argentina, Namibiya, Kuba, Turkiya, Mo‘g‘uliston, Madagaskar, Peru, Maldiv, Malta, Laos, Botsvana, Janubiy Afrika, Chili, Polsha, Kolumbiya, Vengriya, Boliviya va Tanzaniya kabi davlatlar ham bor.

Nashrda ta’kidlanishicha, ushbu mamlakatlarda koronavirus bilan kasallanish holati aniqlanmagan. Shu bilan birga, bu mamlakatlarda tomosha qilib zavqlanish mumkin bo‘lgan joylar ko‘p.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar