O‘zbekistonda 7 oy davomida qaysi avtomobil ko‘p ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 7 oy davomida qaysi avtomobil ko‘p ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 7 oyda jami 44 901 dona Cobalt avtomobili ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 149,7 % o‘sish sur’atiga ega bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyida 7219 dona Cobalt avtomobili ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 338 taga kam.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2020 yilning yanvar-iyul oylarida 44 901 dona Cobalt (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 149,7 %), 41 663 dona Nexia T-250 (96,6 %), 30 368 dona Lacetti-Gentra (124,5 %), 30 889 dona Damas (111,7 %), 16 370 dona Spark (138,9 %) hamda 4 520 dona Labo (101,9 %) avtomobillari ishlab chiqarildi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar