O‘zbekistonlik vakil ilk bor BMTning yoshlar sessiyasiga taklif etildi

O‘zbekistonlik vakil ilk bor BMTning yoshlar sessiyasiga taklif etildi

AQShning Nyu York shahrida BMTning navbatdagi “Future We Want” sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu sessiyaga butun dunyodan 250 ga yaqin iqtidorli va yetakchilik qobiliyati ega yosh ishtirokchilar taklif qilindi.

Bu yilgi yig‘ilishga O‘zbekistondan birinchi marotaba vakil taklif qilindi. Hozirgi kunda Ispaniyaning Barselona shahridagi “European Business School” oliygohi talabasi Qoriyev Doniyor O‘zbekiston vakili bo‘lib sessiyada ishtirok etdi.

Ochilish marosimi BMTning Bosh assambleya majlislar zalida bo‘lib o‘tdi va unda BMT bosh kotibi Antoniu Gutterish ishtirokchilarni qutladi.

O‘zbekiston vakili Doniyor Qoriyev Bosh Assambleya minbaridan turib ochilish marosimida yig‘ilganlarga nutq so‘zladi. Sessiya davomida global muammolar haqida so‘z yuritildi. Xususan, bu yilgi yig‘ilish jinoyatlarni oldini olish va kiber-jinoyatlarga qarshi kurashish mavzusida bo‘ldi.

Yig‘ilishning so‘nggi kunida Qoriyev Doniyor sessiya mavzusi yuzasidan nutq so‘zladi. Sessiya yakuni bo‘yicha kelasi rejalar tuzildi va rezolyusiyalar tasdiqlandi.

O‘zbekiston vakili Qoriyev Doniyor 2020 yil Moskva, Milan va Tokio shaharlarida bo‘lib o‘tadigan BMTning navbatdagi sessiyalariga taklif qilindi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar