Rossiyalik mutaxassis O‘zbekistonning YeOIIga kirishi mamlakatimiz iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini aytdi

Rossiyalik mutaxassis O‘zbekistonning YeOIIga kirishi mamlakatimiz iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini aytdi

Yevropa biznes ascotsatsiyasi boshqaruvi raisi hamda Schneider Electric'ning Rossiya va MDH bo‘yicha prezidenti Yoxan Vanderplayetsening fikricha, O‘zbekistonning YeOIIga kirishi mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu haqda Rossiyaning Interfakc agentligi xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati YeOII a’zolari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borishga imkon beradigan yo‘l xaritasini ishlab chiqmoqda. YeOIIga kirishning ijobiy va salbiy jihatlari bor va hukumat “ularni oqilona o‘rganib chiqmoqda”.

Yevropa biznes assotsiatsiyasi YeOIIga xorijiy investitsiya kiritadigan eng katta agentlikdir.
Oktyabrda mamlakatimizga tashrif buyurgan Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko O‘zbekiston rahbariyati YeOIIga qo‘shilish haqida o‘ylayotganini aytgan edi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar