1 fevraldan elektr energiyasiga oldindan pul to‘laganlarga yetkazib beriladi

1 fevraldan elektr energiyasiga oldindan pul to‘laganlarga yetkazib beriladi

2021 yilning 1 fevralidan boshlab, O‘zbekistonda elektr energiyasi barcha foydalanuvchilar uchun oldindan to‘lov asosida yetkazib beriladi. Bu haqida Vazirlar Mahkamasining yangi qarori loyihasida aytib o‘tilgan.

"Belgilab qo‘yilsinki: barcha elektr energiyasi iste’molchilariga elektr energiyasini yetkazib berish faqat oldindan to‘lov asosida amalga oshirilishi shart;”, deyiladi qarorda.

Qarorda iste’molchilarning mulkchilik, idoraviy mansubligidan qat’iy nazar - barchaga, elektr faqat oldindan to‘lov asosida yetkazib berilishi aytib o‘tilgan.

Faqat, elektr energiyasining uzib qo‘yilishi texnogen va avariyali oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan, uzluksiz texnologik jarayonga ega bo‘lgan sanoat korxonalarida elektr energiyasi yetkazib berilishini - avariya bronigacha, to‘liq uzib qo‘yish esa — faqat sud qaroriga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar